s
USD: Rub: Eur:
2021-11-12 944

Sayyohlarni mahliyo qilgan Qoraqalpog`istondagi qal`alarni bilasizmi?

O`zbekistonlik bir qancha jurnalistlar,blogerlar,  bir qancha ekologlar uchun  MediaNet Xalqaro Jurnalistika Markazi tomonidan Germaniyaning Federal Tashqi Ishlar Vazirligi (Auswärtiges Amt) moliyalashtirgan holda, DW Akademie ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish xalqaro tashkiloti bilan hamkorlikda amalga oshirilgan “Markaziy Osiyoda transchegaraviy ekologik hisobot berishga koʻmaklashish” loyihasi doirasida Qoraqalpog`iston diyoriga sayyohat tashkil etildi.

Sayyohatimiz davomida ko`plab  arxeologik yodgorliklarni ko`rishga muvofiq bo`ldik.

Arxeologiya yodgorliklari orasida qadimgi Tuproq qal`a, Qizil qal'a, Chelpik qal`a,Bolshoy Guldunsur, Janbas qal`alari mavjud. Respublikada me'moriy diqqatga sazovor joylardan tashqari tabiiy joylar ham mavjud. Birinchidan, bu deyarli butunlay cho'lga aylangan Orol dengizi, sobiq Moinak portidagi kemalar qabristoni, shuningdek Qizilqum cho'lidir. Baday-Tug'ay qo'riqxonasi ham ushbu makonda  joylashgan.

Sayyohatimiz dastlab Tuproq qal’a yodgorligiga uyushtirildi.

Shahar, saroy va shimoliy majmuadan iborat bo`lgan Tuproq qal’a yodgorligi bizni hayratga soldi

Tuproq qal’a (milodiy I-VI asrlar) Sulton Uvays tog’ tizmasidan bir necha kilometr janubda joylashgan. Ushbu qal’a antik davrda, Afrigidlar sulolasi hokimiyatga kelishidan oldin, Qadimgi Xorazm hukmdorlarining qarorgohi bo’lib xizmat qilgan.  Yodgorlikning nomi, uning hozirgi holatidan kelib chiqib, katta tuproq tepalik degan ma’noni  anglatadi.Tuproq qal’a majmuasi - shahar, yuqori saroy va shimoliy majmuadan iborat.

Shahar - maydoni 500 × 350 m. to’g’ri burchakli shaklda bo’lib, balandligi 8-9 metrli mudofaa devorlari bilan o’ralgan. Bundan tashqari, shahar ko’plab yassi burchakli to’rtburchak minoralarga ega bo’lib, yon atroflari keng xandaq bilan o’ralgan. Shahar darvozasi murakkab inshoot shaklida qurilgan bo’lib, ushbu darvozadan butun shahar bo’ylab qal’agacha kengligi 9 m. bo’lgan markaziy ko’cha o’tgan. Otashparastlar ibodatxonasida ko’plab o’choqlar aniqlangan.  Yodgorlikdagi yana bir binoda  qo’chqor shoxlari, shisha idishlar, gips haykallar parchalari ko’rinishidagi oltin bilan ishlov berilgan bilaguzuklar va boshqa zargarlik buyumlari topilgan.

Yuqori saroy - kesilgan piramida shaklidagi saroyning asosiy massivi hom g’ishtdan qurilgan bo’lib, fasadi vertikal bo’rtib chiqqan naqshlar tizimi bilan bezatilgan. Tahorat xonasi, qurol-yarog’lar saqlash xonasi sifatida ishlatilgan taxminan 100 taga yaqin inshootlar hozirga qadar saqlanib qolgan. Yuqori qavatda tavba qilish uchun qurbonliklar qilinadigan ibodatxona mavjud bo’lgan.

Saroyning asosiy qismini ibodat va marosim xonalari majmuasi egallagan. Inshootning devorlari naqshlar bilan, unga tegishli beshta zal esa rangbarang sopol barelyeflar bilan bezatilgan. Ushbu bezaklardan oz qismi bizgacha yetib kelgan.

 

“Qirollar zali” qurbonlik qilinadigan maxsus xonada Xorazmning 23 qirollari tasvirlari (haykal shaklidagi) oldida olov yonib turar edi. “G’alaba zali” sultonlarga qirollik sharafi nishonini topshirish marosimini tasvirlayotgan, savlat bilan o’tirgan qirollar va ularning ustida girdikapalak bo’layotgan ma’budalar barelyeflari bilan bezatilgan. “Qora tanli jangchilar zali” tokchalarida tik turgan qirollarning barelyef tasvirlari mavjud edi. Qora tanli jangchilarning kichik haykallari qirollarga karnay chalib ehtirom keltirardi. “Kiyiklar zali” ushbu hayvonlarning haykallari bilan bezatilgan bo’lib, ularning tepasida griffin tasvirlari bor edi. Ushbu turdagi bezaklar ehtimol, o’simlik va hayvonot dunyosida hayot bardavomligiga sababchi bo’lgan. “Niqob bilan raqs tushiladigan” zal misteriyalar (diniy mavzudagi dramalar) namoyish etish uchun mo’ljallangan bo’lib, zal devorlarida raqsga tushayotgan erkak va ayollarning tasvirlari  qisman saqlanib qolgan.  Asosiy tokchada, tashqi ko’rinishiga ko’ra, yirtqich maxluq bilan ma’budaning tasviri mavjud bo’lgan. Qolgan ikki katta tokchalarda ehtimol, unga yo’ldosh ma’budlar joylashishgan. Zalning markazida qurbonlik qilinuchi supa bo’lgan.

Eng muhim topilmalardan biri bu Qadimgi Xorazm hujjatlari hisoblanadi. Terida yozilgan qo’lyozmalarda, turli xil narsa va buyumlarning kelishi, eng qadimiysi Xorazm asrining (milodiy I asrning boshlari)  188-252 yillari bo’lgan bir necha sanalar qayd etilgan. Daraxtga yozilgan qo’lyozmalarda esa, bir necha Xorazmiylar tarkibiga kiruvchi ishga layoqatli (ozod va qul) erkaklarning ro’yxatlari yozib qoldirilgan.

Shimoliy saroy majmuasi.  Ushbu majmua - Tuproq qal’a shahridan taxminan 100 km. uzoqlikdagi, maydoni 12 gektar keladigan bir necha binolar jamlanmasidir. Ushbu binolardan biri oq va qora fondagi, katta va kichik rozetta va boshqa gullar bilan bezatilgan rangbarang devoriy tasvirlar, shuningdek, pastki oyoq va ko’ylakni tasvirlagan haykal qoldiqlariga ega 50 ta xonadan iborat. Shuningdek, bu yerda Kushon hukmdorlari Vima- Kadfiz, Xuvishka hukmronligi davriga oid tangalar, sherning oltin boshi va barelyef tayyorlash uchun alebaster shakllari topilgan Arxeologiya yodgorliklari orasida qadimgi Qizilqal'a, Bolshoy Guldunsur, Janbas-Qala qal'alari bor. Ikkinchisi bizning davrimizdan oldin ham bo'lgan va Xorazmning madaniy yodgorligi. Shuningdek, bir nechta ibodat joylari mavjud. Ular orasida Qo'yqirgan-Qala ham bor. Bu zardushtiylar ibodat qilish uchun foydalanilgan, balandligi 80 metrgacha bo'lgan silindrsimon bino bo'lib, keyinchalik u signal minorasi bo'lib xizmat qilgan.

                     To`rt burchak shaklda qurilgan Qizil qal`a yodgorligi

Qizil qal’a Tuproq qal’adan 1.3 km. g’arbda joylashgan. U deyarli kvadrat shaklga ega bo’lib, ikki tomondan minoralar va balandligi 16 m. bo’lgan nayzasimon tuynuklarga ega. Qal’aga janubiy-sharqiy tomondan ko’tarma yo’lak orqali kirish mumkin.

Ba’zi olimlarning fikricha, qal’a harbiy qo’shin garnizonlari kazarmasi sifatida yoki o’rta asrdagi Xorazmga xos bo’lgan mustahkam saroy sifatida ishlatilgan.

Qal’aning ichki qismi yaxshi saqlanib qolgan. Bu yerga kirgan tashrif buyuruvchilar o’zlarini kiriboq ikkinchi qavatga kirgandek his qiladi. Qiziqqon mahalliy aholi, qa’la ichidan oltin topish ilinjida qal’aning yerto’lasiga kirishga harakat qilishgan. Ammo, ular ko’pincha quyoshning jazirama issig’idan berkinib yotgan ilonlarga duch kelishgan. Bu holat xalq orasida, “qal’ada oltin yashiringan ammo, hech kim unga erisha olmaydi, chunki u bahaybat ilon yoki iblis tomonidan himoya qilinadi” degan afsonaning yaralishiga sabab bo’lgan.

Chet elliklarning diqqat e`tiborini tortgan eng ajoyib tarixiy meroslarimizdan  Shilpiq qal`a yodgorligidir

Qoraqalpog`iston Respulikasining markaziy bulagida Sultan Uayis, halq orasida Qaratog` deb atangan tog` tizimlari joylashgan. Tabiyati chiroyli shu tog`ning shimoliy-g`arbida Amudaryoning buida Shilpiq, Qora tepa, va Besh tepa singari tepaliklar joylashgan. Qora tog` singari bu tepaliklarning har birining o`ziga hos sir sinoatlari va tarixi bor. Ularning orasida Shilpiq tepaligi alohida o`rin egallaydi. Ulkamizning Amudaryo tumanida joylashgan bu yodgorlikning ilmga noma`lum tamonlari kuproq.

Bu yodgorlik faqat ulkamiz xalqini emas, balki elimizga kelgan chet elliklarning diqqat e`tiborini tortgan eng ajoyib tarixiy meroslarimizdan biri. XIX asrda ulkamizda bulgan olimlar, rassomlar va askarlar o`zlarining daftarlarida estalikni “Чильпик” ( A. Kun, A.E.Rassikova, F.Vamberi, N.N. Karamzin), “Чильпак” (A.V.Kaulbars) va “Шелпак” (M.N.Bogdanov) atamalari bilan yozib qoldirgan.

 

Markaziy Osiyo Xo`dja Reshad Efendi nomi bilan 1863- yili sayohat qilgan Veygriyalik olim Armen (German) Vamberi Amudaryo orqali Xivadan Qung`irotga ketayotganida Shilpiqda bulgan va u haqida quyidagilarni yozgan. Bu bir zamonlari mahkam qurg`on bulgan, unda otasining quliga banda bulib tushgan yigit oshiq bulgan padsho qizi, o`zining sevgilisi bilan ota-onasidan qochib kelib turgan. o`zlarini suv bilan ta`minlash uchun yer osti yo`li xozirgacha saqlangan.

      Shilpiqning pastki eni 130-150 m , balandligi 30-33 m tabiy tepalik boshiga qurilgan doira shaklidagi qurilish. U soz loydan tiklangan qalin devorlar bilan qursholgan. Shu qadimiy devorlarning bizning kungacha 15 m balandlikda buzilmasdan saqlanib kelidhining siri, bizningcha qurilishga ishlatilgan loylarning yaxshiligi bilan bahorda va kuzda bo`ladigan sel yomg`irlaridan ularni saqlash maqsadida suvoqarlarning o`rnatilishida bo`lsa kerak. Soz loydan ishlanib qumbizda pishirilgan bu suvoqarlarni hozirgacha foydalansa buladi. Shuningdek har qanday zang bilan yer silkinishlarga qarshi daryo asosidan olinib, devor pastki qismiga tushalgan qumning ham o`rni alohida bo`lishi ehtimol.

         Shilpiqning Amudaryoga qaragan g`arb tamonida joylashgan darvozasiga ishlangan zina orqali chiqqan. Umumiy uzunligi 20 m bulgan. Uni arxeologik tadqiqotlar vaqtida ulkan hom g`ishtlardan ishlangan 75 zinaning ham ikki buyida devorlarning qoldiqlari aniqlandi. Shilpiq asosan Janubiy Orol buyidagi belgili sig`inish joylarining biri bo`lgan. Shuning bilan birga XX asrning boshlarigacha Shilpiq yonida Navruz va Qurbon Xayt bayramlariga bag`ishlangan umumxalq sayllari o`tkazilib kelingan. Qadimgi davrlarda bunday umumxalq sayllarga yiliga bir marotaba elning hukumdorlari chiqib, puxoralar bilan uchrashadigan bulgan. Shilpiq yonidagi Qora tepalikdagi Muxammad Tekesh (XII asr) va Anusha xanlarning (XVII asr) qoldirgan qo`ltangbalari shunday sayl vaqtiga to`g`ri kelishi ehtimol. XIX asrning o`rtalarida bir olmani bo`lishib yegan qoraqalpoqlarning oltmish biyi shu joyda ont berishgan. Qisqasi xalqimizning tarixida Shilpiq alohida o`rin egallagan yodgorlik.

                               “Shilpiq qal`a meni o`ziga rom etdi”

“Men Italiya davlatidan  Qoraqalog`istonda joylashgan yodgorliklarni ko`rish uchun  keldim. Ikki kundan beri yodgorliklarni ko`rib,hayratda qoldim. Juda ajoyib,tarixiy yodgorliklarni ziyorat qilmoqdaman. Do`stim bu yodgorliklar haqida aytishganida ishonmagan edim. Juda ajoyib bu yerga kelib,xuddi qadimiy davrlarga tushib qolganday bo`lyapman. Shilpiq qal`asi bugungi kunga qadar saqlanishi va bu yerdagi muhit juda ajoyibligini meni juda quvontirdi ”-  deydi Italiyalik sayyoh  Giuseppe  Lo Presti.                  

 

“Mizdaqxon majmuasi  musulmonlarning ziyoratgohiga aylangan”

Qoraqalpog'istonning eng qadimiy ziyoratchilaridan biri – Gaur qal'asi qoldiqlari yonida joylashgan qadimiy qabriston Mizdakxon nekropoli. Bu qal'aning nomi arablarni bosib olish vaqtida olingan va tarjimada kofirlarning qal'asi degan ma'noni anglatadi, chunki olimlar qal'a aholisi Arab fathidan oldin zardushtiylar ekanligi aniqlagan.

Barcha yodgorliklar majmuasi Qoraqalpog'istonning Xo'jayli shahridan 3-4 km janubda joylashgan uchta tepalikda joylashgan. Mizdakxon musulmonlarning ziyoratgohiga qanday aylandi? Ehtimol, dastlab Gyour-qal'a qal'asi paydo bo'ldi. Qal'aning paydo bo'lishi miloddan avvalgi IV asrga to'g'ri keladi. e. qal'ani tekshirganda, uning qoldiqlari shaharning ikkita qal'asi xarobalarini himoya qilishda davom etadigan o'n metrli devorlarning kuchini hayratga soladi, ulardan biri arxeologlarning taxminlariga ko'ra saroy binosi, ikkinchisi esa olov ma'badi edi.

Qal'aning boshqa qarama-qarshi tomonida, tepalikda dastlab zardushtiylar qabristoni bor edi, u erda qal'a aholisi o'liklarni dafn qilgan. Bu arxeologlar tomonidan topilgan assuaria (dafn marosimlari), shuningdek, dahmani eslatuvchi narsa-zardushtiylarning o'liklarni tark etgan tekis tomli minora. Qushlar suyaklarini silliqlashdi va qarindoshlari ularni to'plab, assuariyaga qo'shildilar.

VIII asrda arablar tomonidan qal'ani qo'lga kiritgandan so'ng, zardushtiylik dini Markaziy Osiyoning barcha hududlarida vayron qilingan va qabristonda musulmon marosimlarida dafn etilgan. Odamning qabri Mizdakxon hududida joylashganligi haqida afsonalar mavjud, bu o'rta asrlarda nekropolni muqaddas joyga ahamiyat berishga yordam berdi. Bundan tashqari, odamning xayoliy qabri ustida qurilgan maqbara ham diniy ahamiyatga ega. Har yili devorlardan g'isht tushadi, afsonaga ko'ra, oxirgi g'isht tushib qolsa, dunyoning oxiri boshlanadi, shuning uchun ziyoratchilar Xudo ularning ibodatlarini eshitib, ularni qutqarishiga ishonib, qurilishda g'ishtlarni yig'ishga harakat qilishadi.

Kemalar qabristoni  haqida eshitganmisiz?

Orol dengizi o‘tmishda dunyodagi eng yirik suv havzalaridan biri bo‘lgan bo‘lib, Kaspiy dengizi, Shimoliy Amerikadagi Yuqori ko‘l va Afrikadagi Viktoriya ko‘lidan keyingi to‘rtinchi o‘rinda turgan. Bir paytlar qirg‘oqlariga sig‘may hayqirgan dengiz o‘tgan XX asrning oxirlarida qurishni boshladi. Hozir dengiz o‘rnida Orolqum sahrosi paydo bo‘lgan.

Orol fojiasining asl ko‘rinishi Mo‘ynoqdagi zanglagan kemalarda aks etadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2000 yillar boshlarigacha dengizning qurib qolgan maydonlarida 300 ga yaqin kemalar bo‘lgan. Ularning ko‘pchiligi chiqindi temir-tersak sifatida yo‘q qilingan. “Kemalar qabristoni” – “Ochiq osmon ostidagi kemalar muzeyi majmuasi”da bugun 15 ga yaqin kema ko‘rgazmaga qo‘yilgan. Orol dengizi tarixi va uning bugungi holati bilan yaqindan tanishish istagida Qoraqalpog‘iston Respublikasiga kelgan mahalliy va chet ellik sayyohlar albatta “Ochiq osmon ostidagi kemalar muzeyi majmuasi”ga tashrif buyuradi.

“Ochiq osmon ostidagi kemalar muzeyi majmuasi”da keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirildan. Majmua hududida sayyohlarga xizmat ko‘rsatuvchi “Mo‘ynoq tur” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli Milliy o‘tovlar kempingi, ovqatlanish va dam olish o‘rinlari tashkil etilgan.

Бу нашр MediaNet Халқаро Журналистика Маркази томонидан Германиянинг Федерал Ташқи Ишлар Вазирлиги (Auswärtiges Amt) молиялаштирган ҳолда, DW Akademie оммавий ахборот воситаларини ривожлантириш халқаро ташкилоти билан ҳамкорликда амалга оширилган “Марказий Осиёда трансчегаравий экологик ҳисобот беришга кўмаклашиш” лойиҳасининг бир қисмидир.

Муаллифлар: Аброр Курбонмуратов ва Жанна Рахимова.

 

Мавзуга оид