s
USD: Rub: Eur:
2024-06-29 586

Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga 50 foiz ko‘proq stipendiya beriladi:

 Qonunchilikka  ko‘ra, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar davlat bog‘chalari va maktablarga navbatga qo‘yilmasdan joylashtiriladi.

✅ Ularga texnikum, kollej, akademik lisey yoki OTMda o‘qiyotganda har o‘quv yilida 1 marotaba o‘quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar) xarid qilish uchun BXMning 5 baravari (1 mln 700 ming so‘m) miqdorida subsidiya beriladi.

✅ Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar o‘qishni davlat OTMlarida davom ettirganda ularga stipendiya 50 foizga oshirilgan holda to‘lanadi.

 

 

Gurlan tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti Davlatboyev G’olib

 

 

Мавзуга оид