s
USD: Rub: Eur:
2022-05-13 219

Yoshlar qayta tiklanuvchi energiya manbalari ob'yektlari bilan tanishishdi

Xavfsiz, ishonchli, iqlimga va atrof-mughitga energiyani ta'minlaydigan qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish iqlim o'zgarishiga qarshi global kurashda asosiy rol o'ynaydi. 29-aprel kuni Toshkent shahridagi oliy o‘quv muassasalari talabalari Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi qayta tiklanadigan energiya ob’ektlariga tashrif buyurishdi. Ushbu safardan ko'zlangan maqsad Toshkent viloyati Parkent tumanidagi “Fizika-Quyosh” IIshChB Materialshunoslik instituti, O‘zbekiston Respublikasi fanlar Akademiyasi Fizika-texnika instituti ekspertlari va ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik loyihalari faoliyati va Toshkent viloyati O‘rtasaroy shahridagi quyosh elektr stansiyasining ishlashi bilan yaqindan tanishish edi.

“Fizika-Quyosh” noyob quyosh majmuasiga tashrif buyurgan talabalar quyosh energiyasidan kundalik hayotda foydalanish imkonini beruvchi texnologiyalar bilan tanishdilar. Yetakchi mutaxassislar quyosh energiyasini jamlovchi parabolik ko‘zgu yordamida suvni isitish, metall eritish, olov yoqish kabi ilmiy tajribalar natijalarini yoshlarga namoyish etishdi. Ob'yektda, shuningdek, vodorod chiqarish uchun elektr energiyasini ta'minlaydigan kichik quyosh elektr stantsiyasi ham ishlamoqda. Ushbu stansiya tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi vodorod va kislorodning ajralishiga olib keladigan kimyoviy reaktsiya o'tishiga yo'l ochadi. Chiqarilgan vodorod ekologik toza yoqilg'i sifatida ishlatilishi mumkin, chunki uning yonish mahsuloti faqat suv bug'i shaklida chiqadi. Bugungi kunga kelib, vodoroddan yoqilg'i sifatida ommaviy foydalanishga uni saqlash va tashish uchun qurilmalar (yoqilg'i xujayralari) yo'qligi to'sqinlik qilmoqda, biroq institut xodimlari ilmiy-tadqiqot ishlari doirasida ularni ishlab chiqish yo'llarini izlashmoqda. Ushbu muammo hal etilgach, vodorod yoqilg'isining iqlimga mos va toza energiya ishlab chiqarish bo'yicha global sa'y-harakatlarga hissa qo'shishi uchun katta istiqbollar paydo bo'ladi.

Talabalar Toshkent viloyati O‘rtasaroy tumanida joylashgan 40 kVt quvvatga ega kichik quyosh stansiyasiga ham tashrif buyurishdi. Mazkur ob'yekda talabalar fotoelektr qurilmasining tarkibiy qismlari bilan tanishdilar, quyosh panellarini ishlab chiqarish texnologiyasi va ishlab chiqarilgan elektr energiyasini umumiy foydalanish tarmoqlariga o‘tkazish haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

“Texnologiya katta salohiyatga ega, chunki fotoelektr panellarni shaharlardagi binolar tomlariga o'rnatish mumkin. O‘zbekiston iqlimini hisobga olgan holda ular elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun an’anaviy qazib olinadigan yoqilg‘idan foydalanishni sezilarli darajada qisqartirish uchun asos bo‘lishi mumkin”, — dedi Xalqaro raqamli universitet talabasi Shuhrat Hakimov.

Fizika-texnika institutida talabalarga O‘zbekistonda quyosh energiyasidan foydalanish bo‘yicha eng so‘nggi ishlanmalar namoyish etildi. Shuningdek, ular Tesla elektromobilini ko‘rish, uning dvigatelining ishlash tamoyillari, texnik tavsiflari hamda uni quvvatlantirish va ishlatish xususiyatlari bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar

“Bugun biz muqobil energiya imkoniyatlari, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish, fotoelektrik panellar, shamol stansiyalari bilan tanishdik – bularning barchasi yashil energetika elementlari. Ekskursiya davomida biz iqlim o‘zgarishi global muammosini ko’proq tushuniboldik va bu muammoga qarshi kurashish bo‘yicha shoshilinch chora-tadbirlar va harakatlarni amalga oshirishdan manfaatdorligimizni oshirdik”, – dedi Toshkent davlat transport universiteti magistranti Nodirbek Agzamov.

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmatlari markazi (O‘zgidromet) bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan hamda Buyuk Britaniyaning Hamdo‘stlik va taraqqiyot bo‘yicha Tashqi ishlar ofisi (FCDO) tomonidan moliyalashtirilayotgan BMTTDning “Markaziy Osiyoda iqlim xavfsizligi bo‘yicha siyosiy harakatlar – II bosqich” loyihasi doirasida qiziquvchi talabalar uchun atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi oqibatlarini yumshatish bilan bog'liq bir qator o'quv safarlari va interaktiv tadbirlar rejalashtirilgan.

Мавзуга оид