s
USD: Rub: Eur:
2025-06-15 487

Maktablarda 1-sinfga qabul 20-iyundan boshlanadi

Reglamentga muvofiq, 1-sinfga qabul jarayonlari 2 bosqichda amalga oshiriladi (https://t.me/uztdi/9704):

1-Bosqich: 20-iyundan 31-iyulgacha mikrohudud doirasida,
2-Bosqich: 1-avgustdan 15-avgustgacha mikrohududdan tashqarida.

1-sinfga qabul jarayonlari quyidagi tuman (shaharlarda) elektron (https://api-portal.gov.uz/uploads/9/2025/06/11/e34d7d4d-7f46-4a8e-fe29-eda3958397d3_media_.pdf) shaklda davlat xizmatlari orqali amalga oshiriladi.

Bunda ota-onalar 20-iyundan boshlab my.maktab.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tib, ariza topshirishlari mumkin. 

Hurmatli ota-onalar, videoyo‘riqnoma bilan tanishib chiqing, unda my.maktab.uz platformasi orqali o‘zingizga biriktirilgan maktabni qanday aniqlashni bilib olishingiz mumkin.

Davlat xizmatlari ko‘rsatilmaydigan hududlarda 1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilar vazirlik elektron tizimi (adm.maktab.uz) ga kiritiladi. 

Eslatma! “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, bolalar 7 yoshga to‘ladigan yilda maktabga qabul qilinadi. Bu yil 1-sinfga 2018-yilning 31-dekabriga qadar tug‘ilgan bolalar qabul qilinadi. 

Xiva Tuman YXKM bosh yuriskonsulti M.Boyjonov

Мавзуга оид