s
Soxtalashtiruvchining o'zi yoki boshqa shaxs foydalanishi maqsadida muayyan huquq beradigan yoki muayyan majburiyatdan ozod etadigan rasmiy hujjatlar tayyorlashi yoki rasmiy hujjatlarni qalbakilashtirishi yoxud bunday hujjatlarni sotishi, shunday maqsadlarda korxona, muassasa yoki tashkilotning qalbaki shtamplari, muhrlari, blankalarini tayyorlash yoxud sotish:
BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima;
360 soatgacha majburiy jamoat ishlari;
3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Shuningdek, mazkur harakatlar bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo'lsa:
2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash;
3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Qo`shko`pir tumani adliya bo`limi
Yuridik xizmat ko`rsatish markazi
Bosh yuriskonsulti R.G`ulomov