s
USD: Rub: Eur:
2024-03-15 881

Kafillikning bekor bo‘lish asoslari quyidagilar hisoblanadi

—kafillik bilan ta’minlangan asosiy majburiyatning bekor bo‘lishi;

—kafillik bilan ta’minlangan asosiy majburiyat kafilning roziligisiz javobgarlikning oshishiga yoki uning uchun boshqa noqulay oqibatlarga olib keladigan tarzda o‘zgartirilishi;

—basharti, kafil yangi qarzdor uchun javobgar bo‘lish haqida kreditorga rozilik bermagan bo‘lsa, kafillik bilan ta’minlangan asosiy majburiyat bo‘yicha qarzning boshqa shaxsga o‘tkazilishi;

—kreditorning qarzdor yoki kafil taklif etgan tegishli ijroni qabul qilishdan bosh tortishi;

—kafillik berilgan (yoki qonun bilan belgilangan) muddatning o‘tishi, agar kreditor shu muddat ichida kafilga da’vo qo‘zg‘atmagan bo‘lsa (FKning 298-moddasi).

 

Gurlan tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti  G’.Davlatboyev

Мавзуга оид