s
USD: Rub: Eur:
2023-09-29 287

Kimlar sinf rahbari bo‘lishi mumkin?

 

Sinf rahbari quyidagi mezonlarga asosan maktab direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi:

 

  • kamida 3 yillik pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan;
  •  
  • maktabda asosiy ishchi sifatida faoliyat olib borayotgan;
  •  
  • boshqaruvchilik qobiliyatiga ega bo‘lgan;
  •  
  • o‘quvchilar bilan ishlash jarayonida mas’uliyat bilan yondasha oladigan;
  •  
  • boshlang‘ich sinflarda sinf rahbarligi boshlang‘ich sinfga biriktirilgan o‘qituvchilarga yuklatiladi.
  •  

 Maktablarda mehnatni soatbay (shu jumladan o‘rindoshlik) asosda faoliyat olib boruvchi o‘qituvchilarning sinfga rahbarlik qilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

 

Bir o‘qituvchiga faqatgina bitta sinf rahbarligi topshiriladi. Direktor o‘rinbosarlari, psixologlar sinf rahbari bo‘lishi mumkin emas.

 

Sinf rahbarlari faoliyatini ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari nazorat qiladi va muvofiqlashtiradi.

 

Asos: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023 yil 27 iyundagi 190-sonli buyrug‘i.

 

Yangiariq tumani Adliya bo’limi

 Yuridik xizmat ko’rsatish bo’limi

 bosh yuriskonsulti R.Egamberdiyev

Мавзуга оид