s
USD: Rub: Eur:
2024-09-28 988

Bola parvarishidagi ta’til davri mehnat stajiga qo‘shiladimi?

Mehnat kodeksining 405-moddasiga asosan, bolani parvarishlash taʼtillari davrida xodimning ish joyi (lavozimi) saqlanadi. Bu taʼtillarning ko‘pi bilan olti yili mehnat stajiga qo‘shiladi, shu jumladan mutaxassisligi bo‘yicha ish stajiga ham qo‘shib hisoblanadi.                                                                                    Kelgusidagi yillik mehnat ta’tilini olish huquqini beruvchi ish stajiga, agar jamoa shartnomasida, shuningdek tashkilotning ichki hujjatida yoxud mehnat shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, bolani parvarishlash ta’tillari vaqti kiritilmaydi.

Hazorasp tuman adliya bo‘lim yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

Мавзуга оид