s
USD: Rub: Eur:
2023-11-16 275

Energiyadan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar haqida qayerga xabar berish lozimligi yuzasidan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.10.2023-yildagi “Elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi fotosuratlar va (yoki) videoyozuvlarni qabul qilish, koʻrib chiqish hamda ularni taqdim etgan shaxslarni ragʻbatlantirish tartibi haqidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 541-son qarori qabul qilindi.

Yoqilgʻi-energiya manbalaridan oqilona foydalanilishi ustidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatish maqsadida «Uzenergo» mobil ilovasi ishlab chiqilmoqda.

Ma’lumot uchun: 2023-yil 1-sentyabrdan boshlab aholi tomonidan elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar haqidagi fotosuratlar va videoyozuvlarni yuborgan shaxslar pul mukofoti bilan ragʻbatlantirilishi belgilangan.

Foto va videoyozuvlar quyidagilarni aks ettirishi lozim:

  • elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzish bilan bogʻliq huquqbuzarliklarni;
  • huquqbuzarlik sodir etgan shaxs haqida ma’lumot (mavjud boʻlganda);
  • huquqbuzarlik sodir etilgan manzil, uning geografik joylashuvi, sana va vaqt. 

Materiallar “Uzenergo” ilovasi orqali  yoʻllanayotgan quyidagilarni koʻrsatish lozim:

  • shaxsning F.I.Sh., uning manzilini;
  • uyali telefon raqamini, bank kartasi raqamini va elektron pochta manzilini.

Foto va videomateriallarga oʻzgartirishlar kiritish taqiqlanadi. Video hajmini qisqartirish maqsadida uni kesishga ruxsat etiladi (120 soniyadan oshmasligi kerak).

Huquqbuzarlikning turidan kelib chiqib, xabar bergan shaxsga huquqbuzarga tayinlangan jarima miqdorining 2 %dan 30 %gacha miqdorida pul mukofoti toʻlanadi.

 

Urganch tuman adliya bo‘limi

yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

bosh yuriskonsulti B.R.Yusupov

 

  

Мавзуга оид