s
USD: Rub: Eur:
2024-06-29 772

Xodimni taraflarning kelishuviga ko‘ra vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish asoslari

Mehnat kodeksining 149-moddasi beshinchi qismida mehnat shartnomasi taraflarining kelishuviga ko‘ra xodimni vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish to‘g‘risida buyruq chiqarish uchun xodimning yozma arizasi asos bo‘lishi ko‘rsatilgan. Taraflarning kelishuviga ko‘ra vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish taklifi xodimdan chiqqan vaziyatga tegishlidir. Lekin, ish beruvchi ham xodimga ana shunday taklif bilan chiqishi mumkinku. Agar yuqoridagi qoidaga qaraydigan bo‘lsak, ish beruvchi garchi taklif o‘zidan chiqayotgan bo‘lsa ham, xodimga “keling, sizni o‘zaro kelishib vaqtincha boshqa ishga o‘tkazib turaylik” desa va xodim ham “mayli, roziman” desa, shunda ish beruvchi xodimga “yaxshi, unda menga ariza yozib bering” deydimi? Aslida, taklif ish beruvchi tomonidan chiqqan hollarda ish beruvchi xodimga yozma taklif berishi va bu taklifga xodim tomonidan rozilik arizasi bilan javob qaytarilishi, yoki xodimning o‘sha taklif xatiga deylik, “roziman” yoki “rozilik bildiraman” deb yozib imzo qo‘yishi o‘rtada kelishuv tuzilganligini tasdiqlaydi. SHundan keyin xodimni vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish haqidagi buyruq bilan bilan jarayonni yakunlash mumkin.

Kelgusida mehnat qonunchiligini takomillashtirish davomida, MK 149-moddasidagi boshqa ishga o‘tkazish qoidalari mantiqqa yanada moslashtiriladi deb umid qilamiz.

Shovot tumani Аdliya boʻlimi YXKM

boshligʻi  K.X.Ismoilov

Мавзуга оид