s
USD: Rub: Eur:
2024-06-29 861

PEDAGOG IKKI LAVOZIM MAOSHI MIQDORIDA MODDIY YORDAM OLSA BO‘LADIMI?

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 sentyabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan "Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risida"gi Nizomning 33-bandiga ko‘ra umumta’lim muassasalari xodimlariga moddiy yordam kalendar yil davomida ikki lavozim maoshi (o‘qituvchining tarif stavkasi) miqdorigacha xodimning o‘zi va yaqin qarindoshi (otasi, onasi, turmush o‘rtog‘i, farzandi) vafot etganda, og‘ir kasallikka chalinganda, xodim tabiiy ofatdan zarar ko‘rganda ko‘rsatiladi.

 

Gurlan tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti       J.Jumaboyev

Мавзуга оид