s
Korrupsiya - hammamizga ma’lumki dunyo bo’yicha globol muommolardan eng katta muommo desak ham yanglishmaymiz. Xalq tilida soddagina kilib ataladigan bu illat yani korrupsiya barcha isloxotlarni ildiziga bolta urar ekan, uni keltirib chiqaruvchi sabab va qarshi kurash choralarini birgalikda bajarmog’imiz lozimdir albatta
Yer yuzidagi turli davlatlar o’tmishda va xozirda dunyoning barcha qit’alarida korrupsiyaga qarshi muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz qarshi kurash olib borganlar va olib boradilar xam. Lekin hozircha korrupsiyani batomom yo’q qilishning yo’li topilgani yo’q.
O’rta asrning yirik davlat arbobi, markazlashgan davlat asoschisi Аmur Temur saltanat saroyida davlat uchun mafaati tegadigan kuchli arboblar va olimlarning maoshini ko’tarish orqali poraxo’rlik va boshqa illatlarni oldini olishga, ularni munosib taqdirlashga harakat qilgan. А.Temur farmon hamda qonunlarda mansabdor shaxsning mansabiga qarab haq to’lash uning shaxsiy va intizomiy javobgarlikga, sovg’alar olishi masalasini me’yorlashtirgan, xattoki o’z avlodlarini xam korrupsiyaga qo’l urganni ayamagan. Chunonchi А.Temurning uchunchi o’g’li Mironshox , nevarasi amirzoda Pirmuhammad lavozimlarini suiste’mol qilganliklari, fuqaro va davlat manfaatini himoya qilishda sovuqqonlikga yo’l qo’yganliklari uchun jazolaganlar.
Erkin Аzimovning “Аmir Temur Saltaniti” kitobida Sohibquronning korrupsiyaga qarshi kurash jaryonida qo’llangan choralaridan bari bayon etilgan: Oddiy dehqonlardan bir guruhi miroblar ishidan narozi edilar. Bu qing’irlik odam o’ldirish kabi og’ir jinoyat bilan teng edi. А.Temur bu og’ir jinoyatni ko’rib chiqar xolis kishilarni sayidlarni chaqirib, aybdorni shu yerni o’zida jazolab, Zarafshon daryosiga tashlab yuborishga farmon bergan. А.Temur korrupsiyaga qarshi kurashda jamoatchilik nazoratidan foydalanish lozim deb hisoblagan manbalarda takidlanishicha.
Shunday ekan mamlakatimiz mustahkamligi, xalqimiz farovonligi, yurtning rivoji va gullab yashnashini, obod bo’lishini istagan har bir fuqaro pora olish va berish illatidan xalos bo’lishi uchun barchamiz birdek ma’sulmiz hamda shu illatga qarshi kurashishda barchamizning harakatimiz asosiy kuch ekanligini bilishimiz shart.
Rasulbek IBRAGIMOV
Xorazm viloyat adliya boshqarmasi
Bosh maslahatchisi