s
USD: Rub: Eur:
2023-12-11 997

Xorijdagi vatandoshlarni ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda qo‘llab-quvvatlashning konstitutsiyaviy asoslari

Bir qator davlatlarda xorijdagi vatandoshlarni ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilanadi.

O‘zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyev 2022-yil 20-iyundagi Konstitutsiyaviy komissiya aʼzolari bilan uchrashuvda “Konstitutsiyamizga davlat chet elda yashayotgan va ishlayotgan fuqarolarimiz hamda vatandoshlar bilan muntazam aloqalarni saqlab qolish va rivojlantirish haqida g‘amxo‘rlik qiladi, degan qoidani kiritish lozim” deb, davlatning yangi majburiyatini belgilashni taklif etdi.

Shundan kelib chiqib, yangilangan Konstitutsiyamizning 23-moddasida “Davlat xorijda yashayotgan vatandoshlar bilan aloqalarni saqlab qolish hamda rivojlantirish to‘g‘risida xalqaro huquq normalariga muvofiq g‘amxo‘rlik qiladi ”, degan norma belgilandi.

Xorijda yashayotgan vatandosh deganda, O‘zbekiston hududidan tashqarida doimiy istiqomat qiladigan yoki taʼlim olish, mehnat qilish, oilaviy va boshqa sharoitlardan kelib chiqib vaqtinchalik chet elda yurgan O‘zbekiston fuqarolari, shuningdek chet el fuqaroligini olgan, davlatimizga maʼnaviy va madaniy mansublikni his qilgan shaxslar va ularning avlodlari, etnik, til va madaniy-tarixiy nuqtayi nazardan o‘zini o‘zbekistonlik sifatida anglagan hamda mamlakatimiz bilan har tomonlama aloqada bo‘lish xohishida bo‘lgan xorijda istiqomat qilayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tushuniladi.

Dunyodagi barcha o‘zbeklar o‘zaro madaniy aloqalarni saqlab qolish maqsadida chet ellarda taxminan 500 dan ortiq o‘zbek milliy-madaniy markazlari faoliyat yuritadi.

Ayrim xorijiy mamlakatlar konstitutsiyasida vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlash to‘g‘risida norma mavjud. Xususan, Koreya Respublikasi, Gruziya, Serbiya, Xitoy va boshqa mamlakatlarning asosiy qonunida belgilab o‘tilgan.

 

Xonqa tuman adliya bo`limi Yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuriskonsulti  Tajiyev Atabek Yuldashevich

 

Мавзуга оид