s
USD: Rub: Eur:
2023-09-29 469

O’zbekistonda kimlar grippga qarshi bepul emlanadi?

 

O‘zbekiston Respublkasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 iyuldagi “Gripp yuqtirish va uning og‘ir asoratlarini boshidan o‘tkazish xavfi yuqori bo‘lgan aholi o‘rtasida grippning oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 567-son qaroriga asosan gripp yuqtirish va uning og‘ir asoratlarini boshidan o‘tkazish xavfi yuqori bo‘lgan:

«Mehribonlik» uylari;

qariyalar va nogironlar uchun «Saxovat» internat uylari,

nogironlar hamda nogiron bolalar uchun «Muruvvat» internat uylari;

bolalar shaharchalari;

bolalar uylari;

jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida (maktablar, maktab-internatlarda) yashayotgan shaxslar;

davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari,

umumta’lim maktablari o‘qituvchilari;

tibbiyot xodimlari;

davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilariga grippga qarshi emlash uchun vaksinalar bepul, davlat byudjeti hisobidan yetkazib beriladi.

 Boshqa aholi vakillari o‘z hisobidan, tashkilot xodimlari o‘sha idora mablag‘lari hisobidan xususiy emlash markazlari orqali vaksina olishlari mumkin.

 

Yangiariq tumani Adliya bo’limi

 Yuridik xizmat ko’rsatish bo’limi

 bosh yuriskonsulti X.Matkarimov

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Мавзуга оид