s
Mehnat Kodeksining 229-moddasi har yilgi mehnat ta’tilini uzaytirish yoki uni boshqa muddatga ko‘chirishni tartibga soladi. MK 216-moddasiga ko‘ra, har yilgi mehnat ta’tilining turlari quyidagilardan iborat:
asosiy mehnat ta’tili (har yilgi asosiy eng kam yoki har yilgi asosiy uzaytirilgan);
Mehnat Kodeksning 222-moddasida nazarda tutilgan tartibda asosiy eng kam yoki asosiy uzaytirilgan ta’til bilan jamlab hisoblanadigan qo‘shimcha mehnat ta’tili.
Demak, ish haqi qisman saqlanadigan ta’til har yilgi mehnat ta’tilining turlariga kirmaydi, Bundan ko’rinadiki, MK 229-moddalari tatbiq qilinmaydi ya’ni vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrida ish haqi qisman saqlanadigan ta’til muddati uzaytirilmaydi yoki boshqa muddatga ko‘chirilmaydi.
Gurlan tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti J.Jumaboyev