s
2021-yil 1-iyulidan boshlab umumiy o'rta taʼlim muassasalarining psixolog shtat birligini qisqartirish evaziga voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixolog shtat birligi joriy qilingan. Ichki ishlar vazirining 2021-yil 31-avgustdagi 318-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan nizomda ularning lavozim vazifalari belgilab berilgan.
Nizomga ko‘ra quyidagilar inspektor-psixologning asosiy vazifalari hisoblanadi:
darslarga sababsiz muntazam ravishda qatnashmayotgan voyaga yetmaganlarni aniqlaydi, darslarga qatnashmaslik sabablarini o‘rganadi;
umumiy o‘rta taʼlim muassasalarida jamoat tartibi va xavfsizligini taʼminlash borasida tadbirlarni tashkil etadi;
muammoli o‘quvchilar bilan ularning yashash joylarida ota-onalari ishtirokida manzilli ishlaydi;
o‘quvchilardagi barcha salbiy holatlar va moyilliklarning oldini olish bo‘yicha taʼlim muassasalari psixologlari bilan hamkorlikda pedagog xodimlar va ota-onalar uchun tavsiyalar ishlab chiqadi;
o‘quvchilarning mikromuhitini o‘rganish borasida oilalarga tashrif buyurib, o‘smir va ota-onalar bilan individual suhbatlar uyushtiradi;
umumiy o‘rta taʼlim maktabining ichki nazoratidagi o‘quvchilar bilan tizimli ishlab, ushbu o‘quvchilarni ichki nazoratdan chiqarish choralarini ko‘radi.
Gurlan tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti J.Jumaboyev