s
USD: Rub: Eur:
2024-06-29 526

Xodimni boshqa ish beruvchiga xizmat safariga yuborish va autstaffingning farqlari

Amaliyotda ko‘pchilik mehnat kodeksining 147-moddasidagi Xodimni boshqa ish beruvchiga vaqtincha xizmat safariga yuborish va Autstaffingni bir xil narsa deb o‘ylashadi aslida ikkisi ikki xil narsa. Aholi bantligi to‘g‘risidagi qonunning 16-moddasiga asosan  Autstaffing ish beruvchi tomonidan o‘z xodimlarini ularning roziligi bilan boshqa yuridik shaxslarga ushbu xodimlar tomonidan ish beruvchi va uning xodimi o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomalarida, shuningdek jamoa kelishuvlarida belgilangan mehnat vazifalarini bajarish uchun vaqtinchalik yuborish yo‘li bilan ko‘rsatiladigan xizmatlar turidir. Mehnat kodeksining 147-moddasiga asosan Xodimni boshqa ish beruvchiga vaqtincha xizmat safariga yuborish faqat uning yozma roziligi bilan bir yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga amalga oshirilishi mumkin va bu xodim vaqtincha xizmat safariga yuborilgan ish beruvchi bilan tuziladigan alohida muddatli mehnat shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Avvalgi ish joyida tuzilgan mehnat shartnomasining amal qilishi xodim vaqtincha xizmat safariga yuborilgan davrda to‘xtatib turiladi. Hodimga xizmat safari muddati tugashi bilan uni xizmat safariga yuborgan ish beruvchida avvalgi ishi (lavozimi) taqdim etiladi. Ikkisining farqli tomonlari:

  1. Xodim autstaffing xizmatini ko‘rsatish uchun yuborilganda uning mehnat vazifasi o‘zgarmaydi. (MK 147-moddasi bo‘yicha o‘zgarishi mumkin)
  2. Muddat masalasi. Ya’ni Xodimni boshqa ish beruvchiga vaqtincha xizmat safariga yuborish 1 yildan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Kelishuvga ko‘ra 1 yilga uzaytirilishi mumkin. Autstaffingda cheklangan muddat mavjud emas.
  3. Autstaffing xizmati ish beruvchi va boshqa yuridik shaxs o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida ko‘rsatiladi. (MKning 147-moddasi qoidasi bo‘yicha xodim va yangi ish beruvchi sho‘rtasida yangidan mehnat shartnomasi tuziladi eskisi bilan shartnoma to‘xtatib turiladi)
  4. MKning 147-moddasi bilan xizmat safariga yuborilgan xodimning ish haqi va boshqa to‘lovlari xizmat safariga yuborilgan tashkilot tomonidan to‘lanadi. (Autstaffingda o‘zi ishlayotgan tashkilot tomonidan to‘lanadi. SHu o‘rinda xodimni boshqa ish beruvchiga xizmat safariga yuborish bilan xizmat safariga yuborishning farqlarini ham aytib o‘tish lozim.
  5. Xodimni boshqa ish beruvchiga vaqtincha xizmat safariga yuborish faqat uning yozma roziligi bilan amalga oshiriladi Komandirovkada xodimning roziligi shart emas.
  6. Xodimni boshqa ish beruvchiga vaqtincha xizmat safariga yuborish 1 yil muddatga amalga oshiriladi. Xizmat safarining muddati esa 30 kalendar kundan ko‘p bo‘lmasligi lozim.
  7. Xodimni boshqa ish beruvchiga vaqtincha xizmat safariga yuborilganda u bilan vaqtincha mehnat shartnomasi tuziladi. Xizmat safarida esa mehnat shartnomasi tuzilmaydi.
  8. Xodimni boshqa ish beruvchiga vaqtincha xizmat safariga yuborilganda yuborish bilan bog‘liq xarajatlar to‘lanmaydi. Xizmat safarida esa barcha xarajatlar ish beruvchi tomonida to‘lab beriladi.

 

 

Shovot tumani Аdliya boʻlimi YXKM bosh

yuriskonsulti       D.А.Аzamatova

 

 

Мавзуга оид