s
"Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida"gi qonunga ko‘ra, davlat fuqarolik xizmatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat (https://lex.uz/docs/6145972):
davlat fuqarolik xizmati tizimining yagonaligi va barqarorligi;
qonuniylik;
adolatlilik;
xalqqa xizmat qilish;
davlat organlarining va mansabdor shaxslarning jamiyat hamda fuqarolar oldida mas’ulligi;
inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi;
ochiqlik va shaffoflik;
xolislik, professionallik va kompetentlik;
davlat fuqarolik xizmatiga kirishda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarning teng huquqliligi;
davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilinishi.
Gurlan tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i E.Raxmatillaev