s
Prezidentning 30.08.2023 yildagi «Oʻzbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantirish va soha vakillari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash choralari toʻgʻrisida»gi PQ-289-son qarori qabul qilind.
2023 yil 1 oktyabrdan boshlab Oʻzbek milliy maqom san’ati markazi va uning hududiy boʻlimlari boshqaruv, ilmiy va ijodiy хodimlarining yangilangan oylik ish haqi miqdorlari joriy etiladi.
Hujjat bilan 2023-2025 yillarda quyidagilarni tashkil etish rejalari tasdiqlandi:
Oʻzbek milliy maqom san’ati markazi va uning hududiy boʻlimlari maqom ansambllarining mahalliy gastrol safarlarini tashkil etish rejasi;
Oʻzbek milliy maqom san’ati markazi va uning hududiy boʻlimlari maqom ansambllarining korхona va tashkilotlarga gastrol safarlarini tashkil etish rejasi;
Oʻzbek milliy maqom san’ati markazi va uning hududiy boʻlimlari maqom ansambllarining хorijiy gastrol safarlarini tashkil etish rejasi.
Urganch tumani adliya bo`limi
yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
bosh yuristkonsulti S.Berdikilichov