s
USD: Rub: Eur:
2023-12-29 333

MA’MURIY JAZOLAR

O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 23-moddasiga asosan, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun shaxsga quyidagi ma’muriy jazo choralari qo‘llanilishi mumkin:

1) jarima;

2) ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo‘lgan ashyoni haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish;

3) ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo‘lgan ashyoni musodara qilish;

4) muayyan shaxsni unga berilgan maxsus huquqdan (transport vositasini boshqarish huquqidan, ov qilish huquqidan) mahrum etish;

5) ma’muriy qamoqqa olish.

6) chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasi hududidan ma’muriy tarzda chiqarib yuborish.

 

Yangiariq tuman adliya bo‘limi

yuridik xizmat ko‘rsatish

markazi boshlig‘i                                                            U.Navruzov

Мавзуга оид