s
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 21.07.2023 yilda “Ma’muriy islohotlar doirasida investitsiyalar, sanoat va savdo sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-111 sonli farmonni imzoladi
Farmonga ko‘ra, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida har bir investorga loyiha ishga tushirilgungacha barcha bosqichda hamrohlik qiladigan, xususan yer olish, infratuzilmaga ulanish, ruxsatnomalarni rasmiylashtirish kabi masalalarni hal qilib boradigan “investitsiya menejerlari” biriktiriladi.
2023 yil 1 dekabrgacha Elektron kooperatsiya portali negizida O‘zbekiston Milliy sanoat portali yaratiladi.
“GSP+” tizimi imtiyozlari qo‘llanilishiga doir ma’lumotlar olish, sinov laboratoriyalarini (shu jumladan, veterinariya, o‘simliklar karantini, sanitariya-epidemiologiya sohalarda) erkin tanlash, sinov bayonnomalarini elektron rasmiylashtirish imkonini beradigan “E-sertifikat” axborot tizimi ishga tushiriladi.
“Shtrixli kodlash va axborot texnologiyalari markazi” davlat korxonasining O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan tovarlar shtrixli kodlarining davlat reestrini yuritish monopol funksiyasi bekor qilinadi.
2023 yil 1 avgustdan 20 ta vazirlik va idoralarda (quyida ro‘yxati keltirilgan) yangi investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha “loyiha ofislari” tashkil etiladi.
Shuningdek, bino-inshootlar xarid qilish va ijaraga olish uchun kreditlar Sanoatni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan “Sanoat ipotekasi” tizimi asosida ajratiladi.
Qo‘shko‘pir tuman adliya bo‘limi davlat hizmatlari
markazi bo‘lim boshlig‘i 2-darajali yurist A.Babojonov