s
Prezidentning 09.08.2021 yil kungi PQ-5216-son qaroriga ko‘ra, yetim bolalar va ota-ona qaramogʼidan mahrum bo‘lgan bolalar davlat bogʼchalari va maktablarga navbatga qo‘yilmasdan joylashtiriladi. Ularga texnikum, kollej, akademik litsey yoki OTMda o‘qiyotganda har o‘quv yilida 1 marotaba o‘quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar) xarid qilish uchun BHMning 5 baravari miqdorida subsidiya beriladi.Yetim bolalar va ota-ona qaramogʼidan mahrum bo‘lgan bolalar o‘qishni davlat OTMlarida davom ettirganda ularga stipendiya 50 foizga oshirilgan holda to‘lanadi.
Hazorasp tuman adliya bo‘lim yuridik xizmat ko‘rsatish markazi