s
USD: Rub: Eur:
2024-06-29 142

TEZKOR VA SIFATLI XIZMAT

Inson tug'ilib, to umrining oxiriga qadar bo'lgan vaqt mobaynida bir necha marota ba FHDY bo'limiga murojaat qiladi. Hayotiy muhim holatlar aynan FHDY bo'limida qayd qilinadi. Avvallari tugʻilish, nikoh, nikohdan ajralish va boshqa xizmatlardan foydalanish uchun FHDY boʻlimiga kelgan fuqarolardan birinchi doimiy roʻyxatdan oʻtgan manzili soʻralar edi. Agar boshga tumanda istigomat qilsa, oʻz yashash manzili bo'yicha borib xizmatdan foydalanish ke rakligi aytilar edi. Yana bir muhim jihat, avval qoʻlyozma shak lida tagdim etilgan tugʻilganlik, nikoh tuzilganli gi, nikohdan ajralganlik va oʻlim haqidagi gerbli guvohnomalar bugunga kelib elektron ravishda to'ldirilib, barcha turdagi dalolatnoma yozuvlari FHDY yagona elektron arxivi axborot tizimiga kiritilib borilmoqda. Elektron tizim yoʻlga qo'yilgani sababli tibbiyot muassasalari bilan onlayn aloqa oʻrnatilgan bo'lib, tugʻuruqxonada bola tugʻilishi bilan elektron ra vishda FHDY bo'limiga ona va bola haqidagi ma'lumotlar qisqa vaqt ichida yetib keladi. Fuqa rolarni quvontiradigan yana bir yangilik-endilik da farzandi tugʻilganda beriladigan bir martalik suyunchi puli ota-onalarning bank plastik karta siga FHDY boʻlimining oʻzida tushirib berilmoqda. ning vagtini tejashga xizmat gilmogda Bu kabi yaratilayotgan qulayliklar esa fuqarolarning vaqtini tejashga xizmat qilmoqda. Mamlakatimizda barcha sohalar gatori FHDY boʻlimlarida ham fuqarolarning vaqtini tejash, ularga zarur sharoitlar yaratishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bunday imkoniyat va qulayliklar FHDY bo'limi xizmatidan foydalanuvchi aholining ishi tez va sifatli bitishida ayni muddao bo'lmoqda.

 

Shovot tumani Аdliya boʻlimi YXKM bosh

yuriskonsulti       D.А.Аzamatova

Мавзуга оид