Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш
| Янгилик ИД | 1566 |
|---|---|
| Yangilikni ko`rish | /oz/main/news/fAk1S3Gefc |
| Сарлавҳа | Mobil-ID tizimi nima va undan qanday foydalanish mumkin? |
| Матн | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 20.04.2022 yildagi PF-113-son davlat xizmatlaridan foydalanish uchun shaxsni identifikatsiyalashning mavjud tizim va vositalariga qo‘shimcha ravishda jismoniy shaxsni identifikatsiyalash tizimi. Mobil-ID tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalash bo‘yicha yagona axborot tizimining tarkibiy qismi hisoblanib, shaxsni uning mobil telefon raqami orqali identifikatsiyalashni nazarda tutadi. Mobil-ID tizimidan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi: ▪️ OneID tizimi orqali davlat organlari va tashkilotlarining portal va axborot tizimlariga kirishda foydalanuvchilarning shaxsini tasdiqlash (autentifikatsiya qilish); ▪️ Mobil-ID tizimidan foydalanayotgan foydalanuvchining haqiqiyligini tasdiqlash (verifikatsiya qilish); ▪️ elektron davlat xizmatlaridan foydalanish boʻyicha foydalanuvchilar tomonidan berilgan arizalarni tasdiqlash; ▪️ foydalanuvchi oʻzining shaxsiga doir maʻlumotlarni davlat organlari va tashkilotlari “Elektron hukumat” tizimi orqali olganda bu haqida xabarnomalar qabul qilish; ▪️ foydalanuvchi oʻzining shaxsiga doir maʻlumotlarni davlat organlari va tashkilotlari, xoʻjalik birlashmalari, nodavlat tashkilotlar “Elektron hukumat” tizimi orqali olishi uchun ruxsat berish; ▪️ qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa holatlarda.
Maqola muallifi: Yangibozor tumani Adliya bo‘limi DXM bosh mutaxassisi R.Babadjanov |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Сана | 2023-12-15 |
| Кўриш | 734 |
| Тил | oz |
| Категория | news |
| Статус | Active |