Urganch davlat universitetida keng jamoatchilik va OAV vakillari, blogerlar uchun matbuot anjumani hamda press-tur tashkil etildi.

Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш

Янгилик ИД1926
Yangilikni ko`rish/oz/main/news/EMmbFX1xyM
СарлавҳаUrganch davlat universitetida keng jamoatchilik va OAV vakillari, blogerlar uchun matbuot anjumani hamda press-tur tashkil etildi.
Матн
February 10, 2024

Bugun, 10-fevral kuni Urganch davlat universitetida keng jamoatchilik va OAV vakillari, blogerlar uchun Xorazm viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari talabalarining yotoqxona bilan ta’minlanishi yuzasidan matbuot anjumani hamda press-tur tashkil etildi.

d0f67527eea8b0edfc53b.jpg

Unda Urganch davlat universiteti birinchi prorektori D.Ibadullayev, TTA Urganch filiali direktor oʻrinbosari I.Yusupov, TATU Urganch filiali matbuot kotibi Z.Qabulova, Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali direktor oʻrinbosari O.Saparboyev, Maʼmun universiteti birinchi prorektori Sh.S.Tabib oʻgʻli hamda Urganch Ranch texnologiya universiteti birinchi prorektori O.Xudayberganov singari Xorazm viloyatidagi davlat va nodavlat oliy taʼlim muassasalarining bir guruh masʻullari ishtirok etib, OAV lari vakillari, blogerlarga oʻz oliy taʼlim muassasalarida talabalarni yotoqxona bilan taʼminlanishi, yaratilgan sharoitlar yuzasidan axborot berdilar.

 

a3fb102734b6d120e6b46.jpg
d308bc3a27a42abc9e1f4.jpg

Matbuot anjumanida Xorazm teleradiokompaniyasining muhbirlari, UzA Milliy axborot agentligi muhbirlari, oliy taʼlim muassasalarining axborot xizmati rahbarlari hamda blogerlar savollar bilan ishtirok etdilar.

5859049c877ba20c7dce7.jpg
091ae9eaec1f4c4e1c61b.jpg

Bugungi kunda universitetda 3 500 sig‘imga ega 7 ta talabalar turar joyi mavjud. Talabalarga yanada qulaylik yaratish maqsadida 2023-yil 14-sentabr sanasidan Urganch davlat universitetining Urganch tumani “Mustaqillik” koʻchasida joylashgan hududida yangi talabalar turar joyining qurilish ishlari olib borilmoqda. Ushbu talabalar turar joyi 7 qavatdan iborat boʻlib, 600 oʻringa moʻljallab qurilmoqda.

4700e764304df4fc78c51.jpg

Matbuot anjumanidan soʻng, OAV lari vakillari, blogerlar uchun Urganch davlat universiteti talabalar turar joylariga press-tur tashkil etildi.

c47bfa9ccd9f9c3396034.jpg
7aa7d625647d94b532986.jpg
d5ad49a24a0af731b5bb2.jpg
6108f60a7b3893db89109.jpg
7792cd28748e1c4ae7420.jpg

 

Urganch davlat universiteti Matbuot xizmati

 
SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
Сана2024-02-10
Кўриш513
Тилoz
Категорияnews
СтатусActive