Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш
| Янгилик ИД | 1982 |
|---|---|
| Yangilikni ko`rish | /oz/main/news/GHLMBiWHGA |
| Сарлавҳа | Ogohlantirmay ishdan bo'shatish va ariza yozishni talab qilganlik uchun qanday javobgarlik bor? |
| Матн | Ish beruvchi mehnat shartnomasini bekor qilish haqida xodimni quyidagi muddatlarda yozma ravishda (imzo chektirib) ogohlantirishi shart: kamida ikki oy oldin — mehnat shartnomasi texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o‘zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi, korona mulkdori almashganligi munosabati bilan, shuningdek xodimning pensiya yoshiga to‘lganligi munosabati bilan, qonun hujjatlariga muvofiq yoshga doir davlat pensiyasini olish huquqi mavjud bo‘lgan taqdirda bekor qilinganda kamida ikki hafta oldin – mehnat shartnomasi xodimning malakasi etarli bo‘lmaganligi yoki sog‘lig‘i holatiga ko‘ra bajarayotgan ishiga noloyiq bo‘lib qolishi munosabati bilan bekor qilinganda. kamida uch kun oldin – mehnat shartnomasi xodim aybli xatti-harakatlar sodir etganligi munosabati bilan bekor qilingan hollarda. O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 154-moddasiga muvofiq ishdan qonunga xilof ravishda chetlashtirishning huquqiy oqibatlariga asosan, o‘zini qonunga xilof ravishda ishdan chetlashtirilgan deb hisoblovchi xodim o‘zining ishdan chetlashtirilishi ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin. Qonunga xilof ravishda ishdan chetlashtirilgan xodimning unga avvalgi ishini taqdim etish hamda o‘ziga yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplash va ma’naviy ziyonni (agar qonunga xilof ravishda ishdan chetlashtirish sababli xodimga ma’naviy yoki jismoniy azoblar yetkazilgan bo‘lsa) kompensatsiya qilish to‘g‘risidagi talablari qanoatlantirilishi lozim. Mehnat nizolarini ko‘rib chiqish chog‘ida xodimni ishdan chetlashtirishning qonuniyligini isbotlash vazifasi ish beruvchining zimmasiga, xodim vakolatli davlat organlarining talabiga ko‘ra ishdan chetlashtirilgan hollarda esa xodimni ishdan chetlashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilgan tegishli davlat organining zimmasiga yuklatiladi. Asos: O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodesi 154-moddasi. Xiva tuman yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuriskonsulti |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Сана | 2024-03-05 |
| Кўриш | 614 |
| Тил | oz |
| Категория | news |
| Статус | Active |