Xodim qancha vaqtgacha uzluksiz “bolnichniy”da yurishi mumkin

Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш

Янгилик ИД2043
Yangilikni ko`rish/oz/main/news/UzhTwrTwk7
СарлавҳаXodim qancha vaqtgacha uzluksiz “bolnichniy”da yurishi mumkin
Матн

“Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaning (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 17-aprelda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2667 https://lex.uz/docs/-2625878) 22-bandiga ko‘ra:

 

Quyidagi hollarda bemor tegishli tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasiga yuboriladi:

 

aynan bir kasallik bo‘yicha vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davri uzluksiz 4 oyni tashkil qilsa, sil kasalligi bundan mustasno;

 

aynan bir kasallik bo‘yicha vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davri tanaffus bilan o‘n ikki oy mobaynida jami 6 oyni tashkil qilsa, sil kasalligi bundan mustasno;

 

sil kasalligi birinchi marta aniqlanganda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davri kasallik aniqlangan kundan boshlab kamida 10 oyni tashkil qilsa;

 

silga qarshi kurashish muassasasida hisobda turgan bemorda asosiy kasallik kuchaygan — vaqtincha mehnatga layoqatsizlik boshlangandan keyin mehnatga layoqatsizlik davri kamida 6 oyni tashkil qilsa.

 

Nogironlik belgilari aniq ko‘rinib turgan shaxslar, shuningdek noxush klinik prognozli bemorlar yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan muddatlar o‘tmasdan turib ham tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasiga yuborilishi mumkin. Ushbu shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishga qabul qilish to‘g‘risidagi qaror TIEK raisi tomonidan qabul qilinadi.

 

Gurlan tuman yuridik xizmat

ko‘rsatish markazi boshlig‘i                                         E.Raxmatillayev

 

SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
Сана2024-03-15
Кўриш175
Тилoz
Категорияnews
СтатусActive