Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш
| Янгилик ИД | 2175 |
|---|---|
| Yangilikni ko`rish | /oz/main/news/1g8lNzwJep |
| Сарлавҳа | Eksportbop va serdaromad ekinlar ekish uchun 54 ta tumanda o'quv-tajriba maydonlari tashkil etiladi |
| Матн | “Aholi xonadonlarida sanoat usulida mahsulot ishlab chiqarishni qo'llab-quvvatlash hamda tomorqa va dehqon xo'jaliklarida yangi zaxiralarni ishga solishga doir chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-115-son, 05.03.2024 y.) qabul qilindi Qarorga ko'ra: tumanlar eksportbop va serdaromad ekinlar ekishga, shuningdek, kichik ishlab chiqarish va mahsulot yetishtirishga ixtisoslashtiriladi; 2024-yilda eksportbop va serdaromad ekinlar ekish va aholining mazkur sohada bilim va ko'nikmalarini oshirish uchun 54 ta tumanda namunaviy o'quv-tajriba maydonlari tashkil etiladi; 2024-yilda meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan 51 ta tumanda meva-sabzavotlarni shok usulida muzlatishni yo'lga qo'yish bo'yicha yangi loyihalar amalga oshiriladi; ishlab chiqarishga oid loyihalar bilan bir qatorda mahsulot yetishtirish bilan bog'liq loyihalarga, 100 million so'mgacha garovsiz kreditlar ajratiladi; qishloq xo'jaligi ekinlarini yetishtirish bundan mustasno, muzlatgichli omborxona, tayyor holda issiqxona, qadoqlash, quritish va qayta ishlash sexlari aholiga 12 oyga bo'lib to'lash sharti bilan lizingga beriladi; o'zini o'zi band qilgan shaxslar shug'ullanishi mumkin bo'lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari ro'yxatiga xonadonlarda biogumus tayyorlash faoliyati kiritiladi.
Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Сана | 2024-03-19 |
| Кўриш | 437 |
| Тил | oz |
| Категория | news |
| Статус | Active |