Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш
| Янгилик ИД | 2300 |
|---|---|
| Yangilikni ko`rish | /oz/main/news/vCIJmFpJEw |
| Сарлавҳа | Soliq tekshiruvlari uch turga bo‘lindi: |
| Матн | Kameral soliq tekshiruvi; Kameral soliq tekshiruvi — soliq to‘lovchi (soliq agenti) tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotini, moliyaviy hisobotni, shuningdek soliq to‘lovchining faoliyati to‘g‘risida soliq organida mavjud bo‘lgan boshqa hujjatlar hamda ma’lumotlarni tahlil qilish asosida soliq organi tomonidan o‘tkaziladigan tekshiruv hisoblanadi. Kameral soliq tekshiruvi quyidagi hollarda o‘tkaziladi: Soliq organlari quyidagi hollarda ham kameral soliq tekshiruvini o‘tkazishga haqli: Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablarining buzilishi holatlari haqida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari soliq organiga tushganda. Soliq to‘lovchi tomonidan oldin taqdim etilgan soliq hisobotiga nisbatan to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasini kamaytiradigan yoki ko‘rilgan zarar summasini ko‘paytiradigan aniqlashtirilgan soliq hisoboti taqdim etilganda. Kameral soliq tekshiruvi da’vo muddati o‘tmagan soliq davrlariga nisbatan o‘tkazilishi mumkin. Soliq monitoringi o‘tkazilayotgan soliq (hisobot) davriga nisbatan kameral soliq tekshiruvi o‘tkazilmaydi. Kameral soliq tekshiruvi soliq organi joylashgan joyda amalga oshiriladi, bundan soliq to‘lovchining hududlarini va binolarini ko‘zdan kechirish bilan bog‘liq holatlar mustasno. Agar soliq to‘lovchi tomonidan avval hisoblangan soliq summasi o‘zgartirilib, kameral soliq tekshiruvi tugagunga qadar o‘n kun oldin aniqlashtirilgan soliq hisoboti taqdim etilsa, kameral soliq tekshiruvi ushbu taqdim etilgan aniqlashtirilgan soliq hisobotini hisobga olgan holda o‘tkaziladi. Kameral soliq tekshiruvining umumiy muddati oltmish ish kundan oshishi mumkin emas. Sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazish uchun quyidagilar asos bo‘ladi: ommaviy axborot vositalarida soliqqa va valyutaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar e’lon qilinganda; Sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazish davri Soliq auditi – bu yuqori darajada riskka tushgan soliq to‘lovchi tomonidan soliq qonunlariga rioya etilishini har tomonlama o‘rganish hisoblanib, soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash xavfi omillarini tahlil qilish asosida tanlangan soliq to‘lovchilarga nisbatan o‘tkaziladi. Xiva tuman yuridik xizmat ko`rsatish markazi |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Сана | 2024-03-23 |
| Кўриш | 596 |
| Тил | oz |
| Категория | news |
| Статус | Active |