Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш
| Янгилик ИД | 2387 |
|---|---|
| Yangilikni ko`rish | /oz/main/news/RidTCO8Kk5 |
| Сарлавҳа | Bilasizmi |
| Матн | Haqorat qilganlik uchun qanday javobgarlik bor?
Haqorat qilganlik – shaxsning sha'ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitganlik yoki beodoblik bilan qasddan tahqirlaganlik uchun qonunchilikda ma'muriy va jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan.
Xususan, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksda haqorat qilgan shaxsga nisbatan 6 mln 800 ming so'mdan 13 mln 600 ming so'mgacha miqdorda jarima solinishi belgilangan.
Agar ushbu huquqbuzarlik 1 yil ichida takroran sodir etilsa, huquqbuzarga nisbatan jinoiy javobgarlik belgilanadi.
Jinoyat kodeksiga asosan haqorat qilgan shaxsga:
▫68 mln so'mgacha miqdorda jarima; ▫240 soatgacha majburiy jamoat ishlari; ▫1 yilgacha axloq tuzatish ishlari jazosi berilishi mumkin.
Nashr qilish yoki boshqacha usulda ko'paytirilgan tarzda, shu jumladan OAVda, telekommunikasiya tarmoqlarida yoki Internetda joylashtirish orqali haqorat qilinsa, ushbu harakat to'g'ridan-to'g'ri jinoyat hisoblanadi va aybdor:
▫68 mln so'mdan 136 mln so'mgacha jarima; ▫240 soatdan 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari; ▫1 yildan 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanishi mumkin.
Agarda haqorat qilish:
➖jabrlanuvchini o'z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan bog'liq holda; ➖xavfli residivist tomonidan; ➖tuhmat qilganligi uchun ilgari sudlangan shaxs tomonidan qilingan bo'lsa:
▫136 mln so'mdan 204 mln so'mgacha miqdorda jarima; ▫2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari; ▫1 yilgacha ozodlikni cheklash jazosi tayinlanishi mumkin.
Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Сана | 2024-03-25 |
| Кўриш | 728 |
| Тил | oz |
| Категория | news |
| Статус | Active |