Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш
| Янгилик ИД | 2392 |
|---|---|
| Yangilikni ko`rish | /oz/main/news/EaUevVs4Rl |
| Сарлавҳа | Endilikda qishloq xo'jaligi yerlari faqat elektron auksion orqali ijaraga beriladi |
| Матн | 2024-yil 1-martdan qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berishda ochiq elektron tanlov o'rniga elektron onlayn-auksion savdolari joriy etiladi. Bunda:
ijara muddati – 30 yil, boshlang'ich narx – yer uchastkasining normativ qiymati miqdorida belgilanadi;
auksion g'oliblariga yer narxini 3 yilga, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da ro'yxatda turgan fuqarolarga esa – 5 yilga foizsiz bo'lib-bo'lib to'lashga ruxsat beriladi;
auksiondan tushgan mablag'lar xarajatlar chiqarib tashlangandan keyin tegishli tuman mahalliy byudjetiga o'tkaziladi.
➡ 2024-yil 1-martga qadar respublika bo'yicha jami 15 626,8 gektar yer maydoni elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarilishi nazarda tutilgan.
Manba: “Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Farmoni.
Mazkur Farmon Adliya vazirligi tashabbusi bilan ishlab chiqilgan.
Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Сана | 2024-03-25 |
| Кўриш | 955 |
| Тил | oz |
| Категория | news |
| Статус | Active |