Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш
| Янгилик ИД | 310 |
|---|---|
| Yangilikni ko`rish | /oz/main/news/1WQQUthqpm |
| Сарлавҳа | MUDDATI TUGAGANLIGI SABABLI MEHNAT SHARTNOMASI BEKOR QILINGANDA 3 YOSHGA TO‘LMAGAN BOLASI BOR AYOLLARGA KAFOLAT BORMI? |
| Матн | Yangi MK bo’yicha muddati tugaganligi sababli mehnat shartnomasi bekor qilingan hollarda ish beruvchi 3 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollarni ishga joylashtirishi shart emas. Ya’ni muddati tugaganligi sababli mehnat shartnomasi 3 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollar bilan MK 158-moddasiga ko’ra bekor qilinaveradi, 3 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayolning 3 oygacha ish haqi ham, bola parvarishlash nafaqasini olish huquqi ham saqlanib qolmaydi. Agar ayol homilador bo’lsagina MK 408-moddasida (Mehnat shartnomasini bekor qilish chog‘ida homilador ayollar uchun kafolatlar) kafolatlar bor. 409-moddada nafaqa saqlanib qoladi deyilganku? 409-moddaga chalg’imanglar. Unga ko’ra, 3 yoshgacha bolasi bor ayol yoxud 3yoshgacha bo‘lgan bolani yolg‘iz tarbiyalayotgan ota (vasiy) bilan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilishga faqat ushbu Kodeks 161-moddasi ikkinchi qismining 1, 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha yo‘l qo‘yiladi. Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan xodimlar bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda ularning bola parvarishlash nafaqasini olish huquqi saqlanib qoladi. Ya’ni 3 yoshgacha bolasi bor ayol yoxud 3yoshgacha bo‘lgan bolani yolg‘iz tarbiyalayotgan ota (vasiy) bilan mehnat shartnomasi 161-moddasi ikkinchi qismining 1, 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha bekor qilingandagina, bola parvarishlash nafaqasini olish huquqi saqlanib qoladi. Bizning misolda esa shartnoma MK 158-moddasi bilan ya’ni muddati tugaganligi sababli bekor qilinmoqda.
Yangiariq tunan adliya bo'limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi boshlig'i U.NAVRUZOV |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Сана | 2023-06-09 |
| Кўриш | 275 |
| Тил | oz |
| Категория | news |
| Статус | Active |