Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш
| Янгилик ИД | 3249 |
|---|---|
| Yangilikni ko`rish | /oz/main/news/879KlCvo0T |
| Сарлавҳа | Ipoteka kreditiga birlamchi uy-joy bozoridan olingan ipoteka predmetini sug'urta qilish talabi bekor qilinadi |
| Матн | Farmonga ko'ra, (https://t.me/huquqiyaxborot_lotin/7340) Ipotekani qo'llab-quvvatlash jamg'armasi (Jamg'arma) tashkil etiladi. 2024-yil 1-maydan quyidagi tartiblar o'rnatiladi: birlamchi uy-joy bozoridagi kvartiralarni sotib olish uchun ipoteka kreditlarini ajratishda ipoteka predmetini sug'urta xavflaridan sug'urta qilish talabi bekor qilinadi; ko'p qavatli uy-joylarni qurish huquqi “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidagi elektron reyting bahosi “C” va “CC” bo'lgan qurilish tashkilotlariga ham beriladi. Bunda, elektron reyting bahosi “C” bo'lgan tashkilotlarga 5 qavatdan yuqori bo'lmagan, “CC” bo'lgan tashkilotlarga – 9 qavatdan yuqori bo'lmagan uy-joylarni qurishga ruxsat etiladi; 2025-yil 1-yanvargacha belgilangan yangi qurilish va maxsus texnikalarning importida bojxona bojining nol stavkasi qo'llaniladi; “Yangi O'zbekiston” massivlarida ko'p qavatli uy-joylar qurilishida ishtirok etadigan qurilish tashkilotlarining aylanma mablag'larini to'ldirish uchun byudjetdan 500 milliard so'm mablag' yo'naltiriladi. qurilish tashkilotlariga Toshkent shahrida – 9 va undan yuqori, boshqa shaharlarda – 7 va undan yuqori, qishloq joylarda – 5 va undan yuqori qavatli uy-joylar qurish uchun ajratilgan milliy valyutadagi kreditlar bo'yicha 24 oydan ortiq bo'lmagan muddatga “1+1” tamoyili asosida hududlarning toifasidan kelib chiqib kafillik va kompensatsiyalar taqdim etiladi. Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Сана | 2024-06-28 |
| Кўриш | 377 |
| Тил | oz |
| Категория | news |
| Статус | Active |