Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш
| Янгилик ИД | 3400 |
|---|---|
| Yangilikni ko`rish | /oz/main/news/yBIWepHL2v |
| Сарлавҳа | Maktablarga biriktirilgan inspektor-psixolog umuman maktabga kelmayapti, uning maktabdagi vazifasi nimalardan iborat? |
| Матн | 2021-yil 1-iyulidan boshlab umumiy o'rta taʼlim muassasalarining psixolog shtat birligini qisqartirish evaziga voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixolog shtat birligi joriy qilingan. Ichki ishlar vazirining 2021-yil 31-avgustdagi 318-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan nizomda ularning lavozim vazifalari belgilab berilgan. Nizomga ko‘ra quyidagilar inspektor-psixologning asosiy vazifalari hisoblanadi: darslarga sababsiz muntazam ravishda qatnashmayotgan voyaga yetmaganlarni aniqlaydi, darslarga qatnashmaslik sabablarini o‘rganadi; umumiy o‘rta taʼlim muassasalarida jamoat tartibi va xavfsizligini taʼminlash borasida tadbirlarni tashkil etadi; muammoli o‘quvchilar bilan ularning yashash joylarida ota-onalari ishtirokida manzilli ishlaydi; o‘quvchilardagi barcha salbiy holatlar va moyilliklarning oldini olish bo‘yicha taʼlim muassasalari psixologlari bilan hamkorlikda pedagog xodimlar va ota-onalar uchun tavsiyalar ishlab chiqadi; o‘quvchilarning mikromuhitini o‘rganish borasida oilalarga tashrif buyurib, o‘smir va ota-onalar bilan individual suhbatlar uyushtiradi; umumiy o‘rta taʼlim maktabining ichki nazoratidagi o‘quvchilar bilan tizimli ishlab, ushbu o‘quvchilarni ichki nazoratdan chiqarish choralarini ko‘radi.
Gurlan tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti J.Jumaboyev |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Сана | 2024-06-29 |
| Кўриш | 964 |
| Тил | oz |
| Категория | news |
| Статус | Active |