Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш
| Янгилик ИД | 3503 |
|---|---|
| Yangilikni ko`rish | /oz/main/news/lDpBZe7onY |
| Сарлавҳа | PREZIDENT TOMONIDAN “O‘ZBOSHIMCHALIK BILAN EGALLAB OLINGAN YER UCHASTKALARIGA HAMDA ULARDA QURILGAN BINOLAR VA INSHOOTLARGA BO‘LGAN HUQUQLARNI EʼTIROF ETISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IMZOLANDI |
| Матн | Qonunga ko‘ra, fuqarolar quyidagi ko‘chmas mulklarni o‘z nomiga (ijara va mulk huquqi asosida) qonuniy o‘tkazib olishi mumkin: -2018-yil 1-may kunigacha yakka tartibdagi uy-joy qurib o‘zboshimchalik bilan egallagan yer hamda undagi bino va inshootlar; -2018-yil 1-may kunigacha fuqarolar va tashkilotlar tomonidan hujjatda ko‘rsatilgan maydondan ortiqcha egallangan yer hamda undagi bino va inshootlar; -“bir martalik aksiya” doirasida huquqlarni eʼtirof etish oxiriga yetmagan yer hamda undagi bino va inshootlar; -2021-yil 8-iyunga qadar (hokimlarning vakolati bekor qilinguniga) tuman (shahar) hokimlari qarori bilan ajratilgan, lekin viloyat hokimi yoki xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanmagan yer; -bog‘dorchilik va uzumchilik shirkatlari hududidagi turar joylar hamda ular egallagan yer; -kichik sanoat zonalari hududiga 2020 yil 9 martgacha joylashtirilgan tadbirkorlarning yeri; -davlat orderi bilan xususiylashtirilgan binolar va uylar egallagan yer; -hokim qarori bilan mulk huquqi eʼtirof etilgan binolar va uylar egallagan yer uchastkasi. Ko‘chmas mulkni qonuniylashtirish uchun ular quyidagi talablarga javob berishi lozim: -yer boshqa shaxsga ajratilmagan yoki auksionga chiqarilmagan bo‘lishi; -yer uchastkasidan foydalanishda nizo mavjud emasligi; -yer va mol-mulk solig‘i bo‘yicha qarzdorlik mavjud emasligi; -muhofaza zonasida, sug‘oriladigan yerda joylashmaganligi; -bosh reja talablariga zid emasligi (mavjud bo‘lsa); -har bir kategoriyaga xos boshqa shartlar (investitsiya majburiyati bajarilganligi, shirkat aʼzosi hisoblanishi va boshqalar). Qonun 3 oydan so‘ng kuchga kiradi.
Rasulbek Ibragimov Xorazm viloyat adliya boshqarmasi Bosh maslahatchisi |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Сана | 2024-08-15 |
| Кўриш | 469 |
| Тил | oz |
| Категория | news |
| Статус | Active |