Mehnat shartnomasiga qanday shartlar kiritilmasligi kerak?

Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш

Янгилик ИД3686
Yangilikni ko`rish/oz/main/news/Z9yrekLeOx
СарлавҳаMehnat shartnomasiga qanday shartlar kiritilmasligi kerak?
Матн

Mehnat kodeksining 105-moddasiga asosan, mehnat shartnomasining mazmuniga:

xodimning holatini mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga nisbatan yomonlashtiradigan;

mehnat va mashg‘ulotlar sohasida kamsitishni taqiqlash to‘g‘risidagi talablarni buzadigan;

majburiy mehnatni taqiqlash haqidagi talablarni buzadigan;

xodimni qonunga xilof harakatlarni yoki ham xodimning, ham boshqa shaxslarning huquqlarini buzadigan, hayoti va sog‘lig‘iga tahdid soladigan, sha’niga, qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obro‘siga putur yetkazadigan harakatlarni amalga oshirishga majburlaydigan shartlar kiritilmasligi kerak, agar ular kiritilgan bo‘lsa, haqiqiy bo‘lmaydi.

Mehnat shartnomasi ayrim shartlarining haqiqiy emasligi mehnat shartnomasining umuman haqiqiy emasligiga sabab bo‘lmaydi.

Hazorasp tuman adliya bo‘lim yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
Сана2024-09-27
Кўриш294
Тилoz
Категорияnews
СтатусActive