Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш
| Янгилик ИД | 4404 |
|---|---|
| Yangilikni ko`rish | /oz/main/news/ITMKtNOGHp |
| Сарлавҳа | Ishga joylashtirish bо‘yicha davlat kafolatlari. |
| Матн | О‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 95-moddasiga asosan, Davlat: bandlik turini, shu jumladan turli mehnat rejimidagi ishni tanlash erkinligini; ishga qabul qilishni qonunga xilof ravishda rad etishdan, qonunga xilof ravishda boshqa ishga о‘tkazishdan, xodimni ishdan chetlashtirishdan va mehnat shartnomasini bekor qilishdan himoyalanishni; maqbul keladigan ish tanlashga va ishga joylashishga bepul kо‘maklashishni; kasb egallashda va ishga ega bо‘lishda, mehnat qilish va bandlik sharoitlarida, mehnatga haq tо‘lashda, xizmat pog‘onalari bо‘yicha kо‘tarilishda har kimga imkoniyatlar tengligi yaratilishini; ish qidirayotgan shaxslarni va ishsizlarni kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga hamda ularning malakasini oshirishga kо‘maklashishni; mehnat organlarining taklifiga kо‘ra ishlash uchun boshqa joyga ixtiyoriy ravishda kо‘chib ketish munosabati bilan qilingan xarajatlar kompensatsiya qilinishini; haq tо‘lanadigan jamoat ishlarida ishtirok etish imkoniyatini kafolatlaydi. Ishga joylashtirish bо‘yicha kafolatlarni taqdim etish tartibi aholi bandligi tо‘g‘risidagi qonunchilikda belgilanadi.
Xonqa tuman yuridik xizmat kо‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti Z.Xaitov
|
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Сана | 2024-12-03 |
| Кўриш | 715 |
| Тил | oz |
| Категория | news |
| Статус | Active |