| Матн | Tashkilotning mulkdori almashganda, xuddi shuningdek tashkilot qayta tashkil etilganda (qо‘shib yuborilganda, qо‘shib olinganda, bо‘linganda, ajratib chiqarilganda, о‘zgartirilganda) yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar xodimning roziligi bilan davom ettiriladi. Yangi mulkdor tashkilot rahbari, uning о‘rinboosarlari, bosh buxgalter va tashkilot alohida bо‘linmasi rahbari bilan ushbu Kodeks 489-moddasining birinchi qismi 1-bandiga muvofiq mehnat shartnomasini bekor qilishga haqlidir. Tashkilotning boshqa xodimlari bilan mehnat shartnomasini faqat ushbu Kodeksga va boshqa qonunlarga muvofiq bekor qilish mumkin. Tashkilotning mulkdori almashganda xodimlar sonini yoki shtatini о‘zgartirishga faqat mulk huquqining boshqa shaxsga о‘tishi davlat rо‘yxatidan о‘tkazilganidan keyin yо‘l qо‘yiladi. Tashkilotning idoraviy taalluqliligi (bо‘ysunuvi) о‘zgarganligi yoki qayta tashkil etilganligi (qо‘shib yuborilganligi, qо‘shib olinganligi, bо‘linganligi, ajratib chiqarilganligi, о‘zgartirilganligi) ushbu tashkilotning xodimlari bilan mehnat shartnomalarini bekor qilish uchun asos bо‘lmaydi. Xodim ushbu moddaning birinchi yoki tо‘rtinchi qismida nazarda tutilgan hollarda ishni davom ettirishni rad etganda xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi ushbu Kodeksning 173-moddasiga muvofiq tegishli ishdan bо‘shatish nafaqasi tо‘langan holda bekor qilinadi.
Xonqa tumani adliya bo‘limi yuridik
xizmat kursatish markazi bosh yuriskonsulti D.Raximov.
|