Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш
| Янгилик ИД | 5167 |
|---|---|
| Yangilikni ko`rish | /oz/main/news/mA87t8CxvD |
| Сарлавҳа | #Qonunchilikdagi_yangiliklar |
| Матн | Futzal bo'yicha Jahon chempionati yuqori darajada tashkil etiladi “2024 yilgi futzal bo'yicha Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rish va o'tkazish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-195-son, 28.05.2024 y.) qabul qilindi Qarorga ko'ra, Andijon, Buxoro hamda Toshkent shaharlarida 2024-yil 14-sentyabr – 6-oktyabr kunlari bo'lib o'tadigan 2024-yilgi futzal bo'yicha Jahon chempionatiga munosib tayyorgarlik ko'rish, uni yuqori darajada tashkil etish va o'tkazish maqsadida quyidagilar tasdiqlandi: 2024-yilgi futzal bo'yicha Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rish va o'tkazish bo'yicha tashkiliy qo'mita tarkibi; 2024-yilgi futzal bo'yicha Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rish va o'tkazish bo'yicha chora-tadbirlar rejasi. Shuningdek, 2024-yil iyun va avgust oylarida Jahon chempionati bosh sovrini – Jahon kubogini ommaga tanishtirish uchun respublika bo'ylab “Trophy experience” futzal turi marshruti ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. Jahon chempionatida akkreditatsiyadan o'tgan shaxslarni identifikatsiyalovchi va chiptalarni zamonaviy texnologiyalar (QR-kod) yordamida ro'yxatga oluvchi va tekshiruvchi maxsus onlayn platforma ishlab chiqiladi. 2024-yil avgust – oktyabr oylarida Jahon chempionatida akkreditatsiyadan o'tgan shaxslar, shuningdek, Jahon chempionati o'yinlariga chiptalari mavjud bo'lgan xorijiy va mahalliy muxlislar uchun temir yo'l chiptalariga 50 foiz miqdorida chegirmalar joriy qilinadi. ✅ Jahon chempionatida akkreditatsiyadan o'tgan shaxslar hamda o'yin kunlari chiptalari mavjud bo'lgan shaxslar uchun jamoat transport vositalaridan (avtobus, metro) bepul foydalanish imkoniyati yaratiladi. Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Сана | 2024-12-27 |
| Кўриш | 716 |
| Тил | oz |
| Категория | news |
| Статус | Active |