Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш
| Янгилик ИД | 979 |
|---|---|
| Yangilikni ko`rish | /oz/main/news/YfRMjGNajA |
| Сарлавҳа | Pedagoglar faoliyatiga aralashganlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirilmoqda. |
| Матн | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 27.03.2023-yildagi “Pedagog xodimlarning xizmat vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik qilganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish haqida”gi OʻRQ-826-son Qonun imzolandi. Ushbu hujjatga muvofiq: Ta’lim tashkilotining pedagogik xodimini mehnatga ma’muriy tarzda majburlaganlik uchun BHMning 100 baravaridan 150 baravarigacha jarima qoʻllash jazosi belgilanmoqda; xuddi shu qilmish uchun ilgari ma’muriy jazo qoʻllanilgandan keyin ta’lim tashkilotining pedagog xodimini mehnatga ma’muriy tarzda majburlash jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi va quyidagi jazolardan biri qoʻllaniladi: BHMning 150 baravaridan 200 baravarigacha jarima; 3 yilgacha muayyan huquqdan mahrum etish; yoki 3 yilgacha ahloq tuzatish ishlari. Xulosa o‘rnida shuni taqidlash kerakki, pedagog xodimlarning faoliyatiga noqonuniy aralashganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda, ya’ni jarima miqdorlari oshirilmoqda; bir yil davomida qayta huquqbuzarlik sodir etganlik uchun 15 sutkagacha ma’muriy qamoq chorasini qoʻllash imkoniyati yaratilmoqda.
Urganch tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti B.R.Yusupov
|
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Сана | 2023-11-16 |
| Кўриш | 377 |
| Тил | oz |
| Категория | news |
| Статус | Active |