s
USD: Rub: Eur:
2021-11-02 782

Chorraha bo'yicha murojaatni Xorazm IIB YHXB boshlig'i 1 kunda ijobiy hal qildi.

Saytimiz orqali "Farzandlarimiz uchun xavf qachon bartaraf etiladi?" nomi bilan e'lon qilingan murojaat Xorazm IIB YHXB boshlig'i Boyxo'rozov Shavkat Allamuratovich tomonidan nazoratga olinib,1 kunni ichida ijobiy hal etildi.

Maqolada Urganch shahridan saylangan Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi deputati Ro'zmetov Abdulla Sadullaevichga ham befarq bo'lmaslikni va deputat so'rovlarini yuborish uchun tegishliligi bo'yicha murojaat yuzasidan mas'ul tashkilotlar ro'yhati tavsiya etilgandi.Murojaat ijobiy hal etildi,lekin deputatdan yoki UzLidep partiyasidan hech qanday "reaksiya" bo'lmadi.

Chorraha ta'mirlanishida Xorazm IIB YHXB boshlig'ining murojaatga e'tiborli munosabati va natijaga erishish uchun to'g'ri,aniq vazifalarni hodimlar oldida qo'yib bera olishiga tahririyatimiz tomonidan shaxsan guvohi bo'ldik va ushbu jarayonlarda ishtirok etdik.

Shavkat Allamuratovichga va barcha Xorazm IIB YHXB hodimlariga murojaat24.uz tahririyati o'z minnatdorchiligini bildiradi.