Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш
| Янгилик ИД | 924 |
|---|---|
| Yangilikni ko`rish | /oz/main/news/GG7fv4dPYJ |
| Сарлавҳа | Hodimlarni ishdan bo’shatish asoslari |
| Матн | Amaldagi Mehnat kodeksining 155-moddasida hodimlarni ishdan bo‘shatishning asoslari keltirilgan bo‘lib, ular quyidagilardan iborat;
xodim va ish beruvchi kelishuvi bo‘yicha;
mehnat shartnomasi muddati tugashi bilan ishdan bo‘shash;
xodim o‘z xohishi bilan ishdan bo‘shashi;
ish beruvchi tomonidan xodimni ishdan bo‘shatish;
tashkilot egasi almashganda, u qayta tashkil etilganda, tashkilotning bo‘ysunuvi o‘zgarganda xodim ishni davom ettirishni rad etishi;
xodimning yangi mehnat shartlarida ishlashni davom ettirishni rad etishi;
xodimning ish beruvchi bilan birga boshqa joyga ishlash uchun ko‘chishni rad etishi;
tibbiy xulosaga ko‘ra xodim sog‘lig‘iga to‘g‘ri keladigan boshqa ishga o‘tishni rad etishi yoki ish beruvchida xodimga mos boshqa ish bo‘lmagan taqdirda;
xodim va ish beruvchi ixtiyoriga bog‘liq bo‘lmagan holatlar bo‘yicha;
yangi muddatga saylanmaganlik yoki tanlovdan o‘tmaganlik yoxud saylovda, tanlovda ishtirok etishni rad etish bo‘yicha;
alohida toifadagi xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalarida ishdan bo‘shatish asoslari mustahkamlangan asoslar bo‘yicha.
Yangiariq tumani Adliya bo’limi Yuridik xizmat ko’rsatish bo’limi bosh yuriskonsulti R.Egamberdiyev
|
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Сана | 2023-11-15 |
| Кўриш | 671 |
| Тил | oz |
| Категория | news |
| Статус | Active |