s
USD: Rub: Eur:
2023-12-29 623

NODAVLAT TA’LIM TAShKILOTLARINING AXBOROT TEHNALOGIYaLARI SOHASIDA O‘QIYoTGAN YoShLARGA XAM TA’LIM KREDITI BERILADI

 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil                             18-avgustdagi 527-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi hisobidan tijorat banklari orqali oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlarini ajratish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga asosan:

 Kredit oluvchi ta’lim kreditini olish uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilingan tijorat banklariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

 ariza;

 kredit oluvchi va IT-park rezidenti bo‘lgan nodavlat ta’lim tashkilotlari o‘rtasida axborot texnologiyalari sohasidagi o‘quv kurslarida tahsil olish haqida rasmiylashtirilgan shartnoma (kontrakt, ommaviy oferta);

 ta’lim krediti qaytarilishining ta’minoti bo‘yicha hujjat.  Bunda “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kirgan oilalar farzandlari bo‘lgan yoshlarga ajratiladigan ta’lim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi;

 “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma (“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari bo‘lgan yoshlar uchun);

 bankning ichki hujjatlarida (siyosatida) belgilangan boshqa hujjatlar, shu jumladan, birgalikda kredit oluvchiga tegishli ma’lumot va hujjatlar.

Ta’lim kreditlari BHMning 65 baravarigacha bo‘lgan miqdorda               1 yillik imtiyozli davr bilan 4 yil muddatgacha 14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan shaxslarga ajratiladi.

 

 

Yangiariq tuman adliya bo‘limi

yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i                        U.Navruzov