s
Urganch tumanidagi Anjirchilar mahallasida ichki ko‘chani asfaltlash ishlari olib borildi. Mazkur masala yuzasidan fuqarolar tomonidan Prezident Virtual qabulxonasiga murojaat yo‘llangan edi. Tuman hokimligi tomonidan murojaat ko‘rib chiqilib, ijobiy hal etildi.
Ishlar davomida mahalla aholisining fikri o‘rganildi. Fuqarolar ko‘chaning obodonlashtirilganidan mamnunliklarini bildirdi.
Tuman hokimligining mazkur masala bo‘yicha rasmiy munosabati hokimlikning Telegram kanalida e’lon qilingan: https://t.me/Urganch_tumanihokimligi/26561