s
USD: Rub: Eur:
2021-10-06 579

Bu uy markaziy quvurlari qachon almashtirilgan?

Urganch shahri Gurlan ko'chasi 9-uy aholisi bir necha yillardan beri yerto'lasi suvga to'lishidan aziyat chekib kelishadi.Ushbu uyda 10 dan ortiq chaqaloqlar,shuncha bolakaylar,10dan ortiq nafaqadagi va bir nechta nogironligi bor fuqarolar istiqomat qilishadi.Yerto'lasi suvga to'la uyda yuqumli kasalliklar keltirib chiqaruvchi hasharotlar ko'payishi ma'lum.Havoning sovuq bo'lishiga qaramasdan ushbu uy xonadonlarida pashshalar haligacha mehmon.

Ushbu uy markaziy quvurlari eskirgan holatda bo'lib qachon almashtirilishi  qish fasli oldidan fuqarolar uchun muhim masala bo'lib qolmoqda."Xorazm suv ta'minoti" MCHJ Urganch shahar bo'limidan ushbu holatga aniqlik kiritishni so'raymiz.Aytishlaricha quvurlarni almashtirish Gurlan ko'chasi 5-7-uylarda amalga oshirilib,aynan 9-uyga kelgan bundan 2-3 yil oldin to'xtatilgan,sababi hozirgacha noma'lum.Ushbu holatni ham chuqur o'rganib batafsil ma'lumot berilishini so'raymiz.

Yerto'lasi suvga to'la uyda yashash qanchalik xavfli ekanligiga aniqlik kiritishda Xorazm viloyati Favqulodda Vaziyatlar Boshqarmasiga murojaat qilindi.Boshqarma Qurilish bosh boshqarmasiga yaroqlilik va mustahkamliligini aniqlab berish uchun joriy yil 11-sentyabr kuni 3/20-2193-sonli so'rov xati yuborilgan.Lekin,javob xati haligacha bizga taqdim qilinmadi,yana besh kundan keyin Favqulodda Vaziyatlar boshqarmasi chiqargan so'rov xatiga 1 oylik muddat bo'ladi.Bizga taqdim qilingan ma'lumotga ko'ra so'rov xatida 10 kunlik muddat ko'rsatilganligi haqida axborot berilgandi.

Bu uy aholisi  yerto'la qismi suvga to'lishi haqida qayta va qayta murojaatlar qilib kelmoqda.Urganch shahar hokimi Oybek Madaminovich ham ushbu uyni kelib ko'rgan.Ushbu muammoning yechimi tizimli yondashuv talab qilmoqda...

#murojaat2