s
USD: Rub: Eur:
2022-07-30 148

Respublikamiz bo‘ylab 30 iyul - "Xalqlar do‘stligi kuni" sifatida keng nishonlanmoqda.

 

Shovot tumani “Oqko‘l” mahallasida 30 iyul - "Xalqlar do‘stligi kuni"ga bag‘ishlangan “Do‘stlik festivali” bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. 

 

Festivalda sektor rahbarlari, soha vakillari, mahalla faollari, nuroniylar va yoshlar qatnashib, boshqa millat vakillarining milliy chiqishlari, sahna ko‘rinishlarini tomosha qildilar. Tuman madaniyat bo‘limi san’atkorlari tomonidan yangragan kuy-qo‘shiqlar tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

 

Tadbirni tashkil qilishda tuman hokimligi, tuman ichki ishlar bo‘limi, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi, tuman madaniyat bo‘limi va tuman milliy gvardiya bo‘limi xodimlari faol ishtirok qildilar.

Мавзуга оид