s
USD: Rub: Eur:
2022-06-22 667

54 nafar yoshlarga yangi velosipedlar sovg'a qilindi!

 54 nafar yoshlarga yangi velosipedlar sovg'a qilindi!

 

Shovot  tumanidagi Eshonqal’a mahallasi Yangi el ko‘chasida jami 81 nafar yoshlar ushbu hududdagi 17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida taxsil olishadi. Mazkur umumta’lim maktabiga borib kelish uchun Yangi el ko‘chasi yoshlari har kuni 7 km masofani piyoda yurishadi yani bunda 81 nafar yoshlarning taxminan 1 yarim soat vaqtdi yo’lda o‘tardi.

 

Bugun esa ushbu yoshlar va ularning ota-onalari xursand, chunki farzandlarining yangi o'quv yilini boshlari uchun uzog‘ini yaqin qilish maqsadida Yangi el ko‘chasidagi 54 nafar ijtiomiy ximoyaga muxtoj oilalarning farzandlariga O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan har biriga 1 tadan zamonaviy velosipedlar sovg‘a qilindi.

Profilatik inspektori va mahalla nuroniylari tomonidan yoshlarga, maktabga kelib-ketish vaqtida yo’l harakati qoidalariga rioya qilishlari bo’yicha tushunchalar berildi.

Мавзуга оид