O'zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo'shinlariga qarashli, Shovot tumanida joylashgan harbiy qismda xizmat qilayotgan harbiylar va oila a'zolariga xonadonlar tantanali ravishda topshirildi.
Ushbu harbiy qisimga qarashli xonadonlar 2 qavatli, 10 ta xonadondan iborat bo'lib, Shovot tumani mahalliy byudjeti hisobidan, yani 3.860.304.308 so'm pul mablag'lari evaziga tumandagi "Arbek Maxtumquli Qurilish" MCHJ tomonidan qurib bitkazildi.