s
Farmonga ko'ra: (https://t.me/huquqiyaxborot_lotin/7519)
tergov sudyasi o'z faoliyatini mustaqil amalga oshirib, faqat qonunga bo'ysunadi hamda tergov sudyasiga odil sudlovni amalga oshirish bilan bog'liq bo'lmagan har qanday vazifalar yuklatilishiga yo'l qo'yilmaydi;
tergov sudyalarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod qilish, shuningdek, sudyalar korpusini shakllantirish qonunda belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi;
tergov sudyasining tashkiliy faoliyatiga rahbarlik tegishincha Qoraqalpog'iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Harbiy sud raislari tomonidan amalga oshiriladi.
Qonun ustuvorligini, ijtimoiy adolatni, fuqarolar tinchligi va totuvligini ta'minlash tergov sudyasi faoliyatining asosiy yo'nalishlaridan biri etib belgilandi.
Tergov sudyasi lavozimi uchun shtat birliklari sudlarning mavjud shtat birliklari hamda 2025–2027 yillar uchun ajratiladigan qo'shimcha shtat birliklari hisobidan shakllantiriladi.
Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi