s
USD: Rub: Eur:
2021-10-03 166

Xorazmda kasallik ko'payishini oldini olish MCHJga qoldimi?

Dam olish kuni eshik taqilladi.Eshikni ochsak shifokorlar kabi kiyingan oq kiyimdagi ayol gap boshladi.

- Biz epidemiologik markazdanmiz,kasallik ko'paygani uchun uyma-uy yurib dezinfeksiya qilyapmiz,shuning uchun uyingizga kirib dezinfeksiya qilishimiz kerak?

- Uyda yosh bolalarim bor?

- Bolalaringizga zarari yo'q,xohlasangiz baklashkaga solib beramiz

- Mayli bering

- Chek beraman,10.000 ming so'm to'lovi bor

Shu paytda suhbatga aralashib o'zingizni tanishtiring dedim. "XORAZM SANSTANSIYA MARKAZI" MCHJ hodimi ekanligi aniqlandi.Nima sababdan dam olish kuni fuqarolarni bezovta qilyapsiz? Nimaga epidemiologik markazdanman deb tanishtiryapsiz? Nimaga xizmatngiz majburiy emasligi haqida hech nima demayapsiz? degan savollarimga men ham oddiy hodim topshiriq shunday deb jim chiqib ketdi podezdan.

Rahbarini nomerini aniqlashtirib telefon qilinganda,ofisi Xivada joylashganini shunday hodimlardan 20tasi faoliyat yuritayotganini aytib,hamma hujjatlar borligini ta'kidladi.

Mazkur holat bo'yicha tegishli davlat tashkilotlaridan ushbu MCHJ faoliyatiga huquqiy baho berib rasmiy munosabat berishlarini so'rab qolamiz

#murojaat1